Alibaba mahsulotni dronlar yordamida yetkazib beradi

Hi-Tech 08-12-2017 2161

Internet-savdo sohasida ishlaydigan Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi mahsulotlarni yetkazib berish uchun uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalanishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

31 oktabr kuni uchta dron Putyandan Meyjou oroliga taxminan 12 kilogramm og'irlikdagi marakuyya mevasi solingan oltita qutini keltirdi. Kuchli shamol sharoitida parvoz 9 daqiqa davom etdi.

Yetkazib berishni amalga oshirgan dronlar Alibaba holdingiga kiruvchi Cainiao logistika kompaniyasi va Rural Taobao savdo platformasi, shuningdek, Xitoyning texnologiya kompaniyalaridan biri tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan.

Ushbu dronlarning har birida 7 kg. yukni tashish mumkin. Ulardan yangi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni havo orqali yetkazib berishda foydalanish rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Xinhua agentligi.

Manbaa: kun.uz

×