Pulni boshqarishning eng yaxshi 4 usuli (​ikkinchi maqola)

Стратегия 06-10-2021 570

Ikkinchi maqola

Ikkinchi usul - Qarzlardan qutulish

Qarzingiz bo'lganda odatdagidan ko'ra ko'proq pul sarflayotgan bo'lasiz. Qarzdor insonning puli o'zi uchun foydaga ishlamaydi. Balki bank yoki qarz beruvchi undan ko'proq manfaat ko'radi. Bu esa sizda moliyaviy jihatdan qiyinchilik va bosim ortishiga sabab bo'ladi.

Aksincha, qarzni to'lab bo'lish bilan o'zingizni erkin his qilasiz va endi pullaringizni o'zingiz uchun ahamiyatli bo'lgan tarafga yo'naltira olasiz. Masalan, farzandlaringiz ta'limiga ko'proq sarmoya kiritishingiz, o'zingiz uchun pensiya jamg'armasi shakllantirib borishingiz, turli o'lkalarga sayohat qilishingiz yoki yashash tarzingizni yanada yaxshilashingiz mumkin. Shuningdek, istiqbolli biznes loyihalarga investitsiya kiritish orqali iqtisodiy farovonligingizni ham oshira olasiz.

Qarzlaringiz juda ham ko'pmi? Unda ularni to'lab borish jarayonini nazorat qilish uchun "qorto'p usuli"dan foydalaning:

1. Qarzlaringizni oz-ozdan to'lab boring. Bunda eng kam miqdordagi qarzlarga katta qarzlardan oldin pul ajratish tavsiya etiladi.
2. Qo'shimcha daromad, kundalik ehtiyojlaringizdan ortgan mablag'larni ham eng ham summadagi qarzlaringizni to'lashga yo'naltiring.
3. Ularni to'lab bo'lgandan keyin navbatdagi eng kam qarzni to'lashga o'ting.

Oz miqdordagi qarzlaringizni to'lab borar ekansiz, sizda katta miqdordagi qarzlaringizni ham o'z egalariga qaytarish uchun pul va layoqat ortib boradi. Bu esa sizga qarzingizdan imkon qadar tezroq qutulishga yordam beradi.

Davomi bor...


Manba: "thebalance.com" nashri

Qobiljon Sobirjon o'g'li tarjimasi

×