Qashshoqlikdan qutilishingizga to'sqinlik qiladigan 8 ta odat

Muvaffaqiyat siri 29-11-2017 2201

Oddiy bir insonning biror kunda to'satdan boyib ketgan holatlari ko'p bo'lganiga tarix guvoh. Ammo ba'zi odamlar fikr-hayollaridan ketmaydigan qashshoqlik psixologiyasi tufayli butun umr ishlasalar ham hech qachon kosalari oqarmaydi.

Mazkur maqolada qashshoqlikdan qutilishga halaqit beradigan 8 ta to'siq keltirib o'tiladi.

1. Tejamkorlikka bo'lgan o'chlik

/uploads/image/8.jpg

Qashshoq fikrlovchilar o'zlarining vaqtlarini va kuchlarini ertalabdan barcha do'konlarni aylanib chiqib, undagi narxlarni solishtirgan holda maksimal tejamkolikka erishishga sarflaydilar. Vaholanki, ushbu kuch va vaqtni o'zlarining bilim doirasini kengaytirishga va yuqori maoshli ish izlashga sarflashlari mumkin edi.

2. O'zgarishlardan qo'rqish

/uploads/image/7.jpg

Psixologik qashshoq odamga xos bo'lgan xususiyatlardan yana biri bu - o'zgarishlardan o'lguday qo'rqishdir. Axir o'zgartirishga qaror qilish bu - bir tekis hayotdan voz kechib tavakkal qilish deganida!

Bunday odamlarning o'zlarini bizneslarini ochishi ehtimoldan juda yiroq, o'sha biznes yonib ketishi mumkin. Yoki ular boshqa shaharga ko'chib o'tishga qo'rqishadi, chunki o'sha joyda tanishlari yo'q. Yoki bo'lmasa, ishlarini undan ham yaxshiroq ishga joylashish imkoni paydo bo'lsa ham o'zgartirishmaydi, chunki uyerdagi ko'plab qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqishadi.

3. Maoshi kam bo'lsa ham, barqaror ish

/uploads/image/6.jpg

Qashshoq psixologiyaga ega odamlar butun umr o'zlarining boshliqlari va chidab bo'lmas hamkasblaridan shikoyat qilgan holda past maoshli va zerikarli kasblarida ishlab yurishlari mumkin. Har dushanba ular ishni hafta oxiriga qancha qolganini hisoblash bilan zerikarli boshlaydilar va dam olish kunlariga esa siqilgan limon kabi yetib keladilar. Lekin ular bu ishdan hech qachon iste'foga chiqmaydila. Nega endi chiqishlari kerak, axir bu barqaror ishku!

4. Hasad

/uploads/image/5.jpg

Ko'pincha psixologik qashshoq insonning xarakterida hasad kabi yoqimsiz illatni ham ko'rishimiz mumkin. Bunday odam o'zidan ko'ra ko'proq haq oladigan hamkasbiga yoki undan ko'ra yaxshiroq uyda yashaydigan qo'shnisiga hasad qilishi mumkin.

5. Faol bo'lishni xohlamaslik

/uploads/image/4.jpg

Bunday insonlar atrofdagi voqea-hodisaga passiv munosabatda bo'lishga moyildirlar. Qashshoq fikrlashga ega ana shunday odamlar faol hayot tarzidan chekinadilar, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqadilar. Ularning fikricha, barvaqt uyg'onib faol yashagandan ko'ra, oqim bo'yicha suzgan maqul.

6. Mas'uliyatdan qochish, tamagirlik

/uploads/image/3.jpg

Mazkur psixologiya egalari hammani o'zlaridan qarzdor deb bilishadi. Ular mas'uliyatni boshqalarga ilgan holda, tinch- totuv yashashga harakat qilishadi. Mas'uliyat yo'qmi demak, muvaffaqiyatsizlik ham yo'q. Psixologik qashshoq odamlar har doim: "Davlat meni ta'minlashi kerak ...", "Ish beruvchi menga yaxshi maosh to'lash kerak, chunki men yaxshi ishlayman ...", "Narxlarni davlat nazorat qilish kerak ..." va hokazo mantiqlarni ilgari surishadi.

7. "Bir vaqtning o'zida hamma narsani xohlayman!"

/uploads/image/2.jpg

Qashshoqona fikrlovchilar hech bir narsaga mehnat va ishtiyoqni sarmoya qilmasdan hamma narsani darhol hoziru-nozil bo'lishini xohlashadi. Malaka oshirish yoki boshlang'ich kichkina maoshga qanoat qilmasdan darhol baland ish haqi va oson ishni xohlab qolishadi.

8. O'zini yetarli baholamaslik

/uploads/image/1.jpg

Bunday insonlar o'zlarini yetarli baholamay yaxshi hayot sari harakat qilish o'rniga omadsizlikdan va taqdirdan nolib yurishadi. To'g'rida, o'ziga ishonch va yetarli baho berish qayerdan ham bo'lsin qachonki, hamma vaqtni zerikarli va insonni o'sishiga ko'maklashmaydigan ishga sarflagandan keyin.

Qashshoqlik psixologiyasidan qanday qutilish mumkin:

  • Sevmaydigan ishingizni davom ettirmang
  • Shikoyat qilishni bas qiling
  • Faol bo'ling, shunda hamma narsa amalga oshadi
  • Hasad va ochko'likdan yiroq bo'ling
  • Hech kim sizdan qarzdor emasligini yodda tuting
  • O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang
  • O'zingiz ustingizda ishlang va ruhiy tomondan o'zgaring
Agar siz yuqorida qayd qilinganlarga izchil va og'ishlarsiz amal qilsangiz, qashshoqlik psixologiyasidan va qashshoqcha o'ylashdan tezda xalos bo'lasiz.


Manbaa: www.adme.ru

×