Qaysi biri ko‘proq foyda keltiradi? (Ikkinchi maqola)

Pul oqimi 09-10-2021 854
Qaysi biri ko‘proq foyda keltiradi? (Ikkinchi maqola)

Ikkinchi maqola

Asosiy farqlar

Quyida passiv investitsiyaning ayrim foydali tomonlari bilan tanishishingiz mumkin:

1. Kam to‘lovlar: aktiv investitsiyadan ko‘ra passiv investitsiya uchun qilinadigan umumiy xarajat va to‘lovlar miqdori ancha kam hisoblanadi.

2. Shaffoflik: shakllantiriladigan onlayn ro‘yxat orqali barcha maʼlumotlarni muntazam kuzatib borish imkoni keng qulaylik yaratadi.

3. Soliq samaradorligi: investorlarning "sotib ol va ushlab tur" strategiyalari odatda katta daromad soliqlari to‘lanishiga sabab bo‘lmaydi.

Passiv investitsiyaning kamchiliklari

Aktiv investitsiya tarafdorlari aytadilarki, passiv investitsiya strategiyalarida quyidagicha ojiz jihatlar mavjud:

1. O‘ta cheklanganlik: passiv investitsiyalar maʼlum bir ko‘rsatkichga qadar cheklangan bo‘ladi. Shu sababli investorlar investitsiya bozorda nima ro‘y berayotganidan qatʼiy nazar bu jarayonga na taʼsir ko‘rsata oladilar, na holatni o'z foydalariga o‘zgartira oladilar.

2. Oz foyda: soddaroq qilib aytganda, passiv investitsiya qimmatli qog‘ozlar bozoriga katta taʼsir ko‘rsata olmaydi. Ha, baʼzi hollarda bozorda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Biroq passiv investitsiya, agar bozorning o‘zida ulkan o‘sish bo‘lmasa, ko‘p foyda olishga sabab bo‘la olmaydi. Aktiv sarmoya bilan ishlovchi menejerlar esa, boshqa tomondan olib qaraganda, katta xavflar bilan kelishiga qaramasdan, investitsiyalaridan kattaroq foyda bilan chiqishga yaqinlar.

Aktiv investitsiya ustunliklari

1. Moslashuvchanlik: aktiv investorlar maʼlum bir qolip asosida ishlashi talab qilinmaydi. Chunki ular aksiyalarni xohlagan paytlarida sotib oladilar.

2. Soliq boshqaruvi: aktiv investitsiya sarmoyadorni soliqqa tortishni majburiy qilsa ham, maslahatchilar soliq menejmenti strategiyalarini har bir individual investorga moslashtira oladi. Masalan, to‘lanadigan soliq miqdorini kamaytirish uchun pul yo‘qotayotgan investitsiyalarni sotib yuborish mumkin.

Aktiv investitsiya kamchiliklari

1. Juda qimmat: To‘lovlar qimmat, chunki barcha oldi-sotdi jarayoni va kelishuvlar xarajat qilishni talab qiladi. Qo‘shimchasiga, analitika, ya'ni tahlil bilan shug‘ullanuvchi jamoaga ham katta oylik to‘lanishini inobatga olsak, anchagina xarajat yig‘ilib qoladi. Shularning o‘ziyoq ko'p hollarda investitsiyadan keladigan foydani loyihaning o'ziga sarflab yuborishga kifoya qiladi.

2. Pul yo'qotish xavfining kuchliligi: Aktiv investitsiya bilan shug‘ullanuvchi menejerlar katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan investitsiyalarni sotib olishlari mumkin. Agar ular o‘ylagandek bo‘lib chiqsa, ular foyda ko‘rishadi. Yo'qsa...

Muhim mulohazalar

Shunday qilib, bu ikki investitsiya turidan qaysi biri investor uchun ko‘proq pul keltiradi? Balki siz professional menejerlar qobiliyatlarini ishga solib, oxirida foyda bilan chiqadilar deb o‘ylarsiz? Lekin ular bunday qila olmaydilar. Agar biz qo‘limizdagi maʼlumotlarga yuzaki ko‘z yugurtirib chiqsak, passiv investitsiya ko‘plab investorlar uchun ideal yechimdek bo‘lib ko‘rinishi ham mumkin. Zotan, ko'p yillar davomida olib borilgan izlanishlar aktiv investitsiya bilan ishlovchi menejerlarni xafa qiladigan xulosalarga kelib to‘xtaldi.

Muhim: faqatgina aktiv boshqarilgan pulning juda oz qismigina passiv fondlardan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishi mumkin.

Passiv investitsiya aktivdan ko‘ra samaralilikda afzal, degan tushuncha mavjud. Aslida, ularning ikkalasi ham bitta tanganing ikkita tomoni, xolos. Ikkisi ham maʼlum sabablarga ko‘ra mavjud va investorlar tomonidan maʼqullab kelinmoqda. Shunday ekan, pulingizni qay shaklda investitsiya qilish ixtiyorini o‘zingizga qoldiramiz...

.

Muallif: Investopedia.com jamoasi

Qobiljon Sobirjon o'g'li tarjimasi

×