Yetti xazinaning biri- Baliqchilik biznesi

Strategiya 27-12-2017 8213
Yetti xazinaning biri- Baliqchilik biznesi

Baliq - barakali, pokiza va halol narsa. Uning asosiga qurilgan biznesga ham xuddi shunday ta'riflarni bersak bo'ladi. Lekin bu biznesni boshlashdan oldin shu sohada ancha yillardan beri ishlab, yaxshigina tajriba to'plagan baliqchilardan tavfsiya va maslahatlar olamiz. Baliqchilikda ishni hovuz qurishdan boshlash kerak deb hisoblanadi. Ammo undan oldin, siz qaysi turdagi baliqlarni yetishtirishni ko'zlaganingizga e'tibor qaratishingiz kerak. O'zbekistonda asosan ikki turdagi baliqlar yetishtiriladi va xaridorgir hisoblanadi. Bular xonbaliq va zog'ora baliq. Xonbaliqlar yemish va suv haroratiga ozgina injiq baliqlar hisoblanadi. Zog'ora baliqlar esa yemish tanlamaydi va hovuzning chuqurligi ham unchalik ahamiyatga ega emas. Demak ushbu turdagi baliq har tomonlama samaradorligi bilan ajralib turar ekan. Tajibali va allaqachon o'zlarining bizneslarini yo'lga qo'yib olgan tadbirkor bilan suhbatta yig'ilgan ma'lumotlarni quyidagi videoda e'tiboringizga havola etamiz. Ushbu videoni oxirigacha ko'rishingizni tavfsiya etamiz.

Quyida esa baliqni sun'iy va tez vaqtda ko'paytirish haqida tavfsiya-video roligini baham ko'ramiz

×