​Gig iqtisodiyoti nima?

Tiyinopedia 25-10-2021 1126
​Gig iqtisodiyoti nima?


Birinchi maqola

Gig iqtisodiyoti deganda vaqtinchalik, o‘zgaruvchan frilans ishlar tizimi tushuniladi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan qisqa muddatga, shartnoma yoki kelishuv asosida biror bir ishni amalga oshirish mumkin. Frilans ishchilar ham boshqa qadriyatlarining ustuvorligini saqlab qolgan holda Gig iqtisodiyoti orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniga ega bo‘ladilar.

Gig iqtisodiyot haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo‘lmoq uchun uning nima ekanligini, bu tizim qanday ishlashini va nimalarni o‘z ichiga olishini sinchiklab o‘rganib chiqish muhim.


Gig ekonomiyasiga taʼrif va misollar

Gig iqtisodiyoti qisqa muddatli, moslashuvchan ish jadvali asosida olib boriladigan, biznes egalari tomonidan to‘liq stavkali ishchilar o‘rniga frilanserlar va vaqtinchalik yollanma ishchilarga taklif qilinadigan ishlardir. Gig iqtisodiyoti orqali biznes sektorlari ishchi yollash jarayonida pul va resurslarini tejab qolishlari mumkin. Ayni vaqtda frilanserlar ham asosiy ishlarini saqlab qolgan holda qo‘shimcha daromadga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

  • Gig ekenomiyasini boshqacha qilib bo‘lishuv iqtisodiyoti, imkoniyat iqtisodiyoti va frilans iqtisodiyoti deb ham atashadi.

Odatda, gig iqtisodiyotida frilanserlar va mustaqil pudratchilar ishlarni onlayn platformalar va mobil ilovalar orqali qabul qilib olishadi. Airbnb, TaskRabbit, Lyft, PostMates, DoorDash and Instasart kabi kompaniyalarshu tizimga kata ishonch bildirishadi va o‘tgan o‘n yil mobaynida ushbu tizimda ish olib borishga har doimgidan ham ko‘proq eʼtibor qarata boshladilar.

ADP (Automatic Datas Proccesing) Instituti hisoblab chiqqan statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, gig iqtisodiyoti o‘tgan yilda 2010-2019 yillar oralig‘idagi o‘sishga qaraganda 15 foiz ko‘proq o‘sishni boshdan kechirdi. MasterCard va Kaiser Assoiates nashrlariga ko‘ra, gig ekonomiyasi 2023-yilda 455 milliard dollar qiymatda pul o‘tkazmalarini qamrab olishi mumkin.

Gig iqtisodiyoti qanday ishlaydi?

Gig iqtisodiyoti ko‘plab sanoat turlarini o‘z ichiga qamrab olsada, umumiy nazariya va jarayon bir xil: frilanserlar taqdim qilingan buyurtmalarni to‘lov evaziga bajarib beradilar. Bu buyurtmalar veb-sayt yaratish, ovqat yetkazib berish, oila aʼzolarini uydan aeroportga eltib qo‘yish va hatto kuchukchani toza havoga olib chiqib aylantirib kelish ham mumkin. Bir buyurtma to‘liq bajarib bo‘lingandan so‘ng, yangisiga o‘tiladi.

Kompaniyalar bitta frilanser bilan muntazam ishlamagani uchun har ikki tomonga ham ortiqcha majburiyatlar yuklanmaydi.

Gig iqtisodiyoti bo‘yicha ishlashga qiziqqanlar avval ariza to‘ldirish orqali onlayn platformalarda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari kerak. Keyin esa o‘zlari istagan kategoriya asosida biror ish tanlab, ishlashni boshlay oladilar. Masalan, Maryam ismli bir ayol Upwork platformasiga aʼzo. Uning maktabda o‘qiydigan ikkita farzandi bor. Ona bolalari maktabda bo‘lgan paytda ikki-uch soat frilans ish qilib pul topishni istaydi. Bu unga kechqurunlari va dam olish kunlari bemalol xordiq chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, virtual yordamchi buyurtmachi kompaniya ishini bitirib berish uchun besh kundan to‘qqiz kungacha vaqt berishlarini so‘rashi ham mumkin.

Davomi bor…


Muallif: Femi Levis

Manba: «thebalance.com» nashri

Qobiljon Sobirjon o‘g‘li tarjimasi

×