Mark Zukerberg Amerikadagi eng yaxshi ish joyi - "Facebook"ni qanday boshqaradi?

Muvaffaqiyat siri 11-12-2017 1663
Mark Zukerberg Amerikadagi eng yaxshi ish joyi - "Facebook"ni qanday boshqaradi?

"Business Insider" Markning kundalik ish rejasi bilan yaqindan tanishib chiqdi.

"Glassdoor" tadqiqotiga ko'ra "Facebook" Amerikadagi ishlash uchun eng mashhur joy ekan. Xo'sh kompaniya asoschisi va bosh direktori Mark Zukerbergning kundalik mashg'ulotlari nimalardan iborat.
33 yoshli milliarder bozor qiymati 505.63 milliard dollarga teng ijtimoiy saytlar giganti hisoblangan "Facebook"ni boshqaradi. Barcha tadqiqotchi gazeta va jurnallarning muqovasida Facebookning muvaffaqiyati va uning asoschisi hisoblangan Markning suratini ko'rish mumkin.
Kompaniya bosh direktori ishi uchun tonnalab vaqtini sarflasada, lekin sog'ligi uchun, sayohat uchun, oilasi uchun albatta vaqt ajratadi.
U o'z hayotida muhim bo'lmagan tanlovlarni bartaraf etish orqali o'z oldiga maqsadlar qo'yib, samarali va muvozanatli ish yuritadi.
Quyida uning odatiy kun tartibi:
U ertalab 8 da uyg'onishi bilan telefonifagi "Facebook", "Messenger", "WhatsApp" ni tekshiradi.

Ertalabgi tarmoq tekshiruvidan keyin navbat badan tarbiyaga keladi. Mark odatda haftada 3 marta mashq qiladi.

U ba'zan Beast laqabli itini ham o'zi bilan birga olib chiqadi. Bu unga qo'shimcha zavq bag'ishlaydi.

Zukerberg mashg'ulotlardan keyin nonushta qiladi. Odatda, u nimani tanavvul qilishni o'sha paytning o'zida tanlaydi; nimani xohlasa shuni iste'mol qiladi. U kichik qarorlarga qimmatli vaqtini sarflab o'tirmaydi.

Shuning uchun ham u deyarli har kuni bir xil narsa kiyadi. Zukerbergning ish kiyimi jinsi shim, krossovkalar va kulrang futbolkadan iborat. 2014 yilda o'zining shkafi haqida so'ralganda, u tinglovchilarga shunday dedi: "Men hayotimni tozalamoqchiman, shuning uchun men jamiyatga betakror xizmat qilishdan boshqa barcha qarorlarimga kam vaqt sarflayman".

Zukerberg Facebook ofisida haftasiga 50-60 soat bo'ladi, ammo u doimo ijtimoiy media platformasini o'ylaydi. "Men dunyoni qanday bog'lash va jamiyatimizga yaxshiroq xizmat qilish haqidagi o'ylovlarga ko'p vaqt sarflayman, biroq bu vaqtning ko'pchiligi bizning idoramizda yoki odamlar bilan uchrashuvda bajarish shart emas", dedi Zukerberg.
"The Verge" nashriga ko'ra, Zukerbergning o'z ijtimoiy media kanallarini boshqarishda yordam beradigan xodimlari bor. 12 xodimdan iborat bo'lgan jamoa uning noto'g'ri izohlarini yo'qotish va uning Facebook sahifasida yangiliklarni yuborishga yordam beradi.
U ishdan bo'sh paytda biroz vaqtni o'z fikrini kengaytirishga sarflaydi. U Xitoy tilini ham o'rganmoqda. Mark 2015-yildan boshlab haftasiga ikkita kitob o'qishni o'ziga odat qilib olgan.
U sayohat qiladimi yoki ishlaydimi, qizi Maks va xotini Prissila uchun har qanday sharoitda vaqt topadi. Max 2015-yilda tug'ilganida Mark 2 oylik ta'til ham olgandi.

Manbaa: www.businessinsider.com

×