Pensiyaga 5 yil qoldimi? Unda…

Strategiya 03-10-2021 792


Ishingizni juda yoqtirsangiz ham, shunday kun keladiki, oxirgi marta ishga borasiz va keyin pensiyaga chiqishingiz kerak bo’ladi. Bunda sizni asabiylashtiradigan bir holat bor: nafaqaga chiqishga tayyorlanmasdan nafaqaxo’r bo’lib qolish. Ha, besh yil uzoq muddatdek tuyuladi, lekin tezda o’tib ketadi. Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, eng kamida besh yil oldindan ehtiyotini ko’rib qo’yganlar nafaqaga chiqqanlaridan keyin ancha yaxshiroq hayot kechirganlar.

Pul zaxirasini ko’paytiring

Nafaqaga, ijtimoiy himoyaga murojaat qilish va pensiya jamg'armasidan qaytadigan pulning nazoratini yo’lga qo’yish qog’ozbozlik hisoblanadi va vaqtni oladi, xolos. Ayrim qonunlar yoxud kelishuvlar bekor qilinishi va siz birinchi nafaqa chekini kelishilgan vaqtida omasligingiz mumkin, shuning uchun bir-ikkita ehtimolli holatlarga tayyor turing.

Nafaqaga chiqish uchun sizga qancha pul kerakligini chamalab ko’ring

Nafaqa uchun jamg’armangiz yetarlimi, yo'qmi? Shunga e'tibor qiling, sarflaydigan pul miqdoringiz va har oylik daromadingizni tartib bilan hisoblab chiqishingiz kerak. Bu siz tanlaydigan nafaqa rejasining eng muhim qadami.

Evrika! Siz shuningdek yarim stavkali ishda ham ishlashingiz mumkin. Yoki nafaqaga chiqqaningizdan keyin nafaqadan keladigan daromadlaringizga qo’shimcha ravishda sevimli mashg'ulotingizni biznesga aylantirish ham juda foydali.

To’layotgan soliqlaringizga e’tiborli bo’ling

Agar siz o’zingizni bir necha yil kamroq soliq to’lovchilar doirasida bo’laman deb o’ylasangiz, unda siz daromadingizni ko’paytirishni aniq xohlaysiz.

Sizda almashtirilishi yoki turli xil o’zgartirilishi kerak bo’lgan aksiyalar bormi? Bir yilda bir necha kalendar kunlari davomida aksiyalarni sotishdan tushgan daromad uchun to’lashingiz kerak bo’lgan soliqni hisoblab chiqing.

Eslatma: Qariyalar nafaqaga chiqishgach, to’lashi kerak bo’lgan soliq miqdorini rejalashtirishmaydi. Bu boradagi kichik rejalashtirishlar sizni kelajakdagi katta muammolardan saqlaydi.

Investitsiyangizni kengaytiring

Vaqti kelib ko'rasiz, bu boshqa hikoya bo’lishiga qaramasdan. Siz aksiyalaringizdan doimiy daromad olayotgangizda, bozorning doimiy o’zgarishining sezilarli ta’siri bo’ladi. Bu shunday narsaki buni nafaqa rejalashtiruvchilari ketma-ket keluvchi risklar deb atashadi. Aksiyalar narxini va ulardan keladigan dividentlaringizning narxi va qiymatiga sabab bo’luvchi iqtisodiy xatarlarni kamaytirish sizga kelajakda kutganingizdan-da ko’proq foyda olish imkonini beradi.

Xavf darajasi yuqori bo’lganda, sizning investitsiyalaringizning qancha miqdorida daromad qaytarishini aniqlab ko’ring. Aksiyalaringizning risk-qaytish xarakteristikasi sizning qancha daromadingiz bo’lishini va bu qancha vaqtgacha davom etishi mumkinligini bildiradi. Ya’ni xavf-xatar qancha katta bo’lsa, daromad ham shuncha ko’p va barqaror bo’ladi.

O’z ustingizda ishlang

Mutaxassis maslahatchi qidirish tavsiya qilinsa-da, pulingiz haqida hech kim sizdek qayg’urmaydi. Nafaqaga chiqish rejasi va investitsiya haqida o’rganish uchun vaqt ajrating.

Siz investitsiya kiritish uchun bir nechta strategiyalarni o’rganishni xohlashingiz tabiiy. Chunki nafaqa jamg’armasini nafaqa davri uchun to’g’ri taqsimlash va foyda ola olish uni to’plashdan farq qiladi. Aql bilan rejalaringizni, maqsadlaringizni belgilab oling va o’zingiz oladigan daromadning xavfsizligiga ishonch hosil qiling. Bu yuqori daromad keltiradigan loyihalarga pul tikishga turtki bo’ladi.

Siz investitsiya uchun maxsus kurslarni internet tarmoqlaridan, mahalliy o’quv markazlaridan (ya’ni biznes maktablaridan) olishingiz yoki maxsus kitoblardan o’qib o'rganishingiz mumkin.

×