Venture Capitalists (Tavakkalchi Sarmoyadorlar)

Tiyinopedia 04-11-2017 1957
Venture Capitalists (Tavakkalchi Sarmoyadorlar)

Tavakkalchi Sarmoyadorlar asosan startaplarga yoki endigina kengayayotgan kichik kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash uchun sarmoya kiritadilar, lekin ular kompaniyaning fond bozoriga kira olmaydilar. Tavakkalchi Sarmoyadorlar bu turdagi kompaniyalarga kapital kiritishga tayyor turadilar chunki biznes muvaffaqiyatli bo’lsa, tikilgan sarmoyalar investorlarga ulkan daromad keltiradi.
Tavakkalchi investorlar tanlovi ba’zan muvaffaqiyatsizlikga uchraganida, ular katta yo’qotishlarni boshlaridan kechiradilar. Ammo, odatda bu investorlar tavakkalchilikdan yuzaga kelgan zararlarni qoplash uchun yetarlicha mablag’ga ega bo’ladilar.

Faoliyati

Tavakkalchi sarmoyadorlar kuchli boshqaruv jamoasi, kuchli raqobatbatdoshlik va ulkan bozor salohiyatiga ega bo’lgan kompaniyalarga pul tikishni afzal ko’radilar. Ular shuningdek, o’zlariga tanish bo’lgan sohalarda faoliyat yuritadigan kompaniyani katta qismiga egalik qilish orqali unga ta’sir ko’rsata oladigan sohalardan imkoniyatlarni qidiradilar.

Tuzilishi

Venture kapital firmalari asosan boy shaxslar, sug’urta kompaniyalari, pensiya fondlari, tashkilotlar va umumiy mablag’larni jamlovchi korporativ pensiya fondlaridan iborat. Bu fondlarning hammasi yagona jamg’armaga birlashtiriladi va venture kapital firmasi tomonidan boshqariladi. Jamg’armada barcha sheriklarning o’z ulushi bo’ladi, ammo bu pullarni qayerga yo’naltirish va sarmoya qilish Venture kapital firmasi tomonidan boshqariladi. Ko’pincha bu mablag’lar boshqa banklar va kapital bozorlar tomonidan investitsiya uchun juda xavfli deb topilgan bizneslarga tikiladi. Venture kapital firmasi bosh hamkor, pensiya fondlari va sug’urta kompaniyalari esa cheklangan hamkorlar hisoblanadi.

Boshqaruv ulushi

To’lov venture kapital jamg’armasi menejerlariga boshqaruv to’lovlari shaklida amalga oshiriladi va o’z ulushiga ega bo’ladi. Kompaniyadan kelib chiqib, foydaning qariyb 20 foizi jamg’armalarni boshqaradigan kompaniyaga beriladi va qolgani fondga pul tikkan cheklangan hamkorlarga beriladi. Bosh hamkorlarga ko’pincha 2 foiz miqdorida qo’shimcha haq to’lanadi

Qisqacha tarixi

AQShdagi eng birinchi Tavakkalchi sarmoyadorlar firmalari 1900– yilning o’rtalari va II Jahon urushi vaqtida paydo bo’la boshladi. Fransuz millatiga mansub, Georges Dotriot, Amerikaga biznes diplomini olish uchun ko’chib keldi va Harvard biznes maktabida o’qituvchilik qildi hamda investitsiya bankida ishladi va birinchi bo’lib, venture kapital firmasi hisoblangan ARDC (American Research and Development Corperation) ga asos soldi. Bu firma tarixda birinchi bo’lib, mablag’ni Amerikaning boy elitalaridan emas, balki boshqa manbalardan jamlay oldi. Amerikada uzoq vaqt davomida boy elitalar, xususan Rokefellerlar va Vanderbilt kabi oilalar startaplarni rivojlantirish uchun sarmoya kiritar edi. ARDC esa turli xil sug’urta va ta’lim institutlarining mablag’lari hisobiga o’z jamg’armasida millionlarni yig’a oldi.


×