Yaxtalar olamidagi eng mashhur 10 kompaniya

Reyting 25-12-2017 2730

Milliarderlar uchun yirik yaxtalarni yaratish juda kamsonli kompaniyalar biznesi hisoblanadi. Quyida ushbu bozorda so‘nggi yillarda yetakchilik qilayotgan kompaniyalar va ularning brendlari ro‘yxatini Xabardor.uz sayti tuzib chiqdi.

LVMH

/uploads/image/yakx1.jpg

Rais va bosh direktor: Bernard Arno
Brendlar: Princess Yachts, Royal Van Lent (Feadship)
Yillik daromad: 35,6 mlrd dollar (2015)

Moet Hennessy Louis Vuitton (LVMH) yaxta sanoati bozoridagi eng yetakchi o‘yinchilardan biri sanaladi. 2008 yilda LVMH’ning sarmoya kompaniyasi L Capital Princess Yachts’ni 200 mln funtga sotib oldi. O‘sha yili shuningdek Royal Van Lent (Feadship’ning bir qismi) ham 200-400 mln yevroga xarid qilindi. 2007 yilda Royal Van Lent 100 mln. yevrolik aylanma haqida xabar berdi. Ma’lumki, LVMH “Renova” egasi Viktor Vekselbergga tegishli Tango yaxtasini (77 metr) qurgan.

Gavio Group

/uploads/image/yakx2.jpg

Hozirgi egasi: Benjamino Gavio
Brendlar: Baglietto, Cerri Cantieri Navali, Bertram
Yillik aylanma: 2,2 mlrd yevro (2012)
Gruppo Gavio – Italiyaning katta korporatsiyasi bo‘lib, asosiy biznesi Italiyadagi 1400 km avtoyo‘llarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaga to‘g‘ri keladi. 2012 yilda Benjamino Gavio Baglietto’ni 18,5 mln yevroga sotib oldi. Shuningdek guruh sanoatdagi pozitsiyasini Cerri Cantieri Navali hamda 2015 yilda Amerikaning Bertram brendini xarid qilib mustahkamladi.

Privinvest Group

/uploads/image/yakx3.jpg

Egalari: Akrom va Iskandar Safa
Brendlar: CMN, Nobiskrug, ADMShipyards
Privinvest Group Yevropadagi eng keksa dengiz korporatsiyalaridan biri bo‘lib, u yaxta sanoatidan tashqari harbiy-dengiz sohasida ham o‘z faoliyatini olib boradi. Aka-uka Safalar tomonidan asos solingan kompaniya 1992 yilda Fransiyada joylashgan Constructions mécaniques de Normandie’ni (CMN) xarid qildi. Keyinchalik kompaniya Yaqin Sharqdan kelayotgan buyurtmalar uchun kemalar qura boshladi.

2007 yilda kompaniya Abu Dhabi MAR’ning 30 foizini o‘ziga oldi. 2007 yilda Privinvest Germaniyaning Nobiskrug kemalar qurish korxonasini sotib olib, o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

Azimut-Benetti Group

/uploads/image/yakx4.jpg

Amaldagi egasi: Paolo Vitelli
Brendlar: Benetti, Azimut
Bir oydagi maksimal daromad: 300 mln yevro (2011)
Azimut Paolo Vitelli tomonidan 70-yillar boshida tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik kompaniya hajmi 43 fut keladigan birinchi yaxtani ishlab chiqardi. Shundan so‘ng Azimut Kuvayt shahzodasiga dunyodagi birinchi shishatolali 30-metrlik yaxtani yetkazib berdi, unga Failaka deb nom berildi. 1985 yilda Azimut Viarejio shahrida Fratelli Benetti kemalar qurish korxonasini sotib oldi. Keyinchalik firma yosh dizayner Stefano Rijini bilan hamkorlik qila boshladi va aynan u butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan Azimut qayiqlarining o‘ziga xos belgilarini o‘ylab topdi.

2001 yilda kompaniya Gobbi korxonasini (u hozirgi vaqtga qadar 10-18 metrlik Atlantis qayiqlar seriyasini ishlab chiqaradi) sotib olgan bo‘lsa, 2004 yilda guruh Moskvada Marina di Varazze va Royal Yacht Club’ni qurgan Fraser Yachts firmasini xarid qildi. 2011 yilda kompaniya aktivlari 300 million yevroga ortib, 600 mln yevrolik aylanmaga yetdi.

Ferretti Group

/uploads/image/yakx5.jpg

Hozirgi egalari: Weichai Group
Brendlar: Ferretti, Custom Line, Pershing, CRN, Itama, Mochi Craft, Riva
Maksimal qiymat: 1,5 mlrd yevro (2007)
Ferretti 1968 yilda Alessandro va Norberto Ferrettilarning oilaviy biznesi sifatida tashkil etilgan. 1971 yilda kompaniya o‘zining ilk motorli kemasini xarid qildi va 1982 yilga kelib baliq ovlashga mo‘ljallangan qayiqlarni ishlab chiqara boshladi. 1996 yilda guruh kengayishga qaror qildi hamda 26-40 metrlik qayiqlarni ishlab chiqarishga javobgar bo‘lgan Custom Line bo‘limini ishga tushirdi. Kompaniya keyingi barcha yillar davomida bozordagi pozitsiyasini mustahkamlab bordi hamda CNA (1998), CRN (1999), Riva (2000), Mochi Craft (2001) va Itama (2004) kabi brendlarni sotib oldi.

Ferretti Candover Investments tomonidan xarid qilinganidan so‘ng uning qiymati 1,5 mlrd yevroga yetdi (2007 yil), biroq moliyaviy inqiroz narxni keskin pasaytirdi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya o‘zining 1,2 mlrd yevrolik qarzlarini sarmoyalarga aylantirdi. Oxir-oqibat Ferretti Group Weichai Group’ga sotib yuborildi.

Heesen Yachts

/uploads/image/yakx6.jpg

Rahbari: Vagit Alekperov
Brend: Heesen Yachts
Bir oydagi maksimal daromad: 300 mln yevro (2011)
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Vagit Alekperov Rossiyadagi eng badavlat kishilar ro‘yxatida to‘qqizchi o‘rinda joylashgan. 2015 yilning mayida «Lukoyl» rahbari Heesen kemalar qurish korxonasiga ham egalik qilishi ma’lum bo‘ldi. 2008 yilda u Gollandiya korxonasini uning asoschisi Frans Xisendan 100 mln yevroga sotib oldi. 2013 yilda Heesen daromadi 5,2 mln yevroni tashkil etdi.

2016 yilning martida Heesen o‘zining yangi Galactica Super Nova kemasini suvga tushirdi.

Oceanco

/uploads/image/yakx7.jpg

Rahbari: Muhammad Ali Al-Barvoniy
Brendlar: Oceanco, Turquoise Yachts
Al-Barvoniy asosiy neft, gaz, minerallar va ishlab chiqarishga mablag‘ kiritgan. 2010 yilda u Gollandiyaning Oceanco kemalar ishlab chiqaruvchi korxonasini gretsiyalik magnat Teodor Angelopusdan sotib olgan. Oceanco yaxtalarda spa-hovuzlarni joylashtirishni o‘ylab topgan birinchi kompaniyaga aylandi. Shuningdek Oceanco rossiyalik milliarder Vladimir Potaninga Nirvana yaxtasini qurib berdi. Endilikda kompaniya o‘z maydonlarini kengaytirdi va 160 metrlik uzunlikka ega yaxtani qurishi mumkin.

2013 yilning dekabrida Al-Barvoniy Turkiyaning Proteksan korxonasini sotib olib, sanoatdagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi.

Dalian Wanda Group

/uploads/image/yakx8.jpg

Rais va asoschisi: Vang Jianlin
Brend: Sunseeker
Yillik daromad: 39,47 mlrd dollar (2014)
Wanda Group – Xitoyda ko‘chmas mulk sohasidagi eng yirik o‘yinchi bo‘lib, eng yirik kinoteatrlar tarmog‘i egasi hamdir. Kompaniya Vang Jianlin tomonidan 1988 yilda tashkil etilgan. Ayni damda kompaniya aktivlari 634 mlrd yuan, shuningdek 26 kv.m. mehmonxona maydonlaridan iborat. 2013 yilda Dalian Wanda Group kompaniyasi Angliyaning Sunseeker kemalar qurish korxonasini 300 mln funtga sotib oldi.

Lurssen

/uploads/image/yakx9.jpg

Brendlar: Lurssen Yachts, Blohm+Voss
Lurssen oilasining to‘rtinchi avlodi tomonidan boshqariluvchi nemis kemalar qurish korxonasi 1875 yilda tashkil etilgan hamda o‘sha paytdan beri eng mashhur yaxtalardan biri: Abu Zabi hukmdori uchun qurilgan Azzam’ni (180 metr), shuningdek Alisher Usmonov uchun Dilbar yaxtasini taqdim etdi.

Korxona asosan megayaxtalar qurish bilan mashhur bo‘lsa-da, harbiy-dengiz kemalari bilan ham shug‘ullanadi. Ayni damda uning Shimoliy Germaniyadagi korxonasida 2800 xodim va 8ta kema qurish fabrikasi bor. 2016 yilda Germaniya tartibga solish idoralari Blohm+Voss’ga Star Capital sarmoya fondidan Lurssen kemalar qurish korxonasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvni amalga oshirishga ruxsat berishdi.

Fincantieri

/uploads/image/yakx10.jpg

Brendlar: Fincantieri Yachts, Camper & Nicholsons International

Yillik aylanma: 4,33 mlrd dollar (2016)
2014 yilning yozida Fincantieri Milan fond birjasiga Italiya hukumatining xususiylashtirish rejasi bir qismi sifatida qo‘yildi. Yuriy Shefler uchun 134-metrlik Serene’ni qurib, korxona megayaxtalar quruvchisi sifatida nom qozondi. Fincantieri aylanmasi katta qismini kruiz kemalarini qurish va ta’mirlash tashkil etadi. Biroq Italiya kompaniyasining ikkinchi yaxtasi - Ocean Victory ham juda noyob edi, u 2014 yilda Viktor Rashnikov uchun qurib berildi.

So‘nggi yillarda kompaniya yangi konseptlar seriyasi, masalan Private Bay yoki Sundance’ni taqdim etdi, shuningdek Camper & Nicholsons International brokerlik firmasining katta qismini sotib olib, yaxtingdagi pozitsiyasini ancha mustahkamladi.

Manbaa: xabardor.uz

×