​Android tarixi

Tarix 02-12-2017 3258
​Android tarixi

Google mobil operatsion sistemasi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa.

2005-yilda Google hisobida mablag' yetarlicha to'planganligi tufayli uni qayerga ishlatishga bosh qotirardi. Tabiiyki u yangi "startup"larni sotib olishni boshladi.
Ammo bunday "startup"larning ba'zilari google xizmatlarida umuman ko'rinmay ketti; Dodgeball, xuddi twitter kabi xizmat ko'rsatadigan ijtimoiy sayt, shular jumlasidandir.
Ammo yana shunday omadli xaridlar ham borki, hech kimga tanish bo'lmagan bunday bizneslar Google mobil platformasiga aylandi. Android deb atalgan kompaniyaning asoschisi hisoblangan Andy Rubin esa hozirda Googlening mazkur platformasi bosh direktori hisoblanadi.
Mobil telefonlar uchun dasturiy ta'minot maqsadida ishlangan ushbu platformaning hatto ana shu dastur ishlab chiquvchilari uchun ham ko'plab sirlari bor edi.
2003-yilda Rubin Android bilan shug'illanishidan oldin "Business Week"ga bergan intervyusida quyidagi gaplarni aytgandi:
"Egasining turgan joyi va nimani afzal ko'rishini anglay oladigan aqlliroq mobil uskunalar yaratishda ulkan salohiyatlar mavjud"
"Agar odam aqlli bo'lsa, bunday uskuna iste'molchilar mahsulotiga aylana boshlaydi", - dedi Rubin ".
Kaliforniyaliklar dunyoni hayratga solish uchun harakatni boshlashdi; bu ixtiro faqat telefon ishlashi uchun tizim emas balki Symbian, Microsoft kabilar bilan raqobatlasha oladigan yangi ochiq manbali operatsion tizim edi.
Buning negizida HTC, LG, Samsung, T-Mobile va boshqa ko'plab kompaniyalar yotibdi. Nega? "Google" Androidni faqat o'zi yaratmagan balki, yuqorida nomi zikr qilingan kompaniyalar yordamiga tayangan. To'g'ri Androidni asosan Google mukammallashtiradi, ammo bu kompaniyalar uning rivojiga katta hissa qo'shadi.
Android mobil operatsion sistemasi beta-versiyasi ommaga 2007-yil 5-noyabrda e'lon qilindi. Androidning ilk tijoriy versiyasi 1.0 2008-yilning sentabr oyida chiqarilgan. Android mobil platformasi Google va yuqoridagi kompaniyalar tomonidan doimiy yangilanishda bo'ladi. Google Android versiyalarini alifbo tartibida emas sonlar ketma-ketligi davom ettirmoqda. 2008-yilda 1.0 versiyasi 2017-yildagi eng mukammal hisoblangan 8.0 versiyasining poydevori hisoblangan.


Manbaa: www.techradar.com

×