Sug'urta tarixi

Tarix 25-12-2017 7110

Agarda xavf-xatar yonayotgan cho'g' kabi yong'indan xafli bo'lsa unda, sug'urta bizning samarali o't o'chirish uskunamizdir.

Davlatlar va ularning fuqarolariga mavjud xatarlardan keladigan ziyonni keng ommaga yoyish vazifasini bajaradigan tashkilotlar kerak edi. Xuddi shu maqsad yo'lida sug'urta tashkilotlari vujudga keldi.

Xamurappi qonunlari

Xavf-xatarni odamlar o'rtasida taqsimlash g'oyasi insoniyat paydo bo'lganidan beri bor. Bu xoh bug'ularni guruh bo'lib ovlash bo'lsin, xoh yuklarni bir necha karvonga taqsimlab yuborish bo'lsin, buning hammasi sug'urtaning ilk ko'rinishlari hisoblanadi.
Ilk yozma sug'urta polisi qadimgi Bobilda podshoh Xamurappi tomonidan biltilgan bo'lib, "Xammurappi kodeksi" nomi bilan atalgan. Bu qonunlar o'sha davr uchun juda muhim hisoblanib hozirgi davr sug'urtasining asosini tashkil etadi. Uning qonunlariga ko'ra, sug'urtalangan shaxs favqulotda holatlardan, o'lim, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlardan zarar ko'rsa, u o'z yonidan zararni qoplamagan.

Gildiya Birlashmasi

O'rta asrlarda hunarmandlar gildiyaga birlashib ishlaganlar. Katta ustalarning qo'lida yosh tajribasiz bolalar tekinga yoki arzimagan chaqaga mehnat qilishgan. Vaqti kelib ular ham katta bo'lishganida gildiyaga qarzlarini to'lab usta darajasini olishgan. Gildiyalar keladigan mablag'larni hozirgi sug'urtalarning ishini bajarishga sarflaganlar. O'rta asr Yevropasida ko'p narsa yog'ochdan yasalganini hisobga olsak, ustaning mehnati yong'inga uchrasa gildiya o'z mablag'idan ustaning ko'rgan zararini qoplab bergan. Agarda ustani o'g'ri ursa u yana qayta foydaga chiqib olguncha gildiya ustani mablag' bilan ta'minlab turgan. Usta o'lsa yoki nogiron bo'lib qolsa gildiya uning oilasiga ham moliyaviy ko'mak berib turgan.

Yong'in va vabo

1666 yilda Londonda katta yong'in bo'lib, 14 ming atrofida binoni vayron qildi. Buning natijasida London vayronaga aylandi, omon qolganlarning uylari yonib kul bo'ldi. Londonni yonib ketishidan keyin boshlangan xaos va g'azabga javoban, dengiz sug'urtasi bilan shug'ullanadigan sug'urta kompaniyalari yong'indan sug'urta qilishni taklif etgan sug'urta kompaniyalarini tashkil qildi. Paskalning uchburchagi bilan qurollangan ushbu kompaniyalar tez orada o'z biznesini kengaytirdi. 1693 yilga kelib, birinchi o'lim jadvali Paskalning uchburchagi yordamida yaratilgan va tez orada hayotni sug'urtalash boshlangan rejani amalga oshirdi.

Sug'urta jarayonining Amerikaga kirib kelishi

Sug'urta kompaniyalari Yevropada, ayniqsa sanoat inqilobidan so'ng rivojlandi. Amerikada hikoya juda boshqacha edi. Kolonistlarning hayoti hech qanday sug'urta kompaniyalari tomonidan kafillikka olinmagan edi. Oziq-ovqat yetishmasligi, mahalliy aholi va kasalliklar bilan bog'liq urushlar natijasida har to'rt kolonistning deyarli uchtasi 40 yoshiga yetmasdan halok bo'ldi. Amerikaga sug'urtaning kirib kelishi uchun 100 yildan ko'p vaqt kerak bo'ldi. Nihoyat, u o'sha davrda Yevropada ishlab chiqilgan amaliyot va tajriba asosida tadbiq etildi.

Manbaa: www.investopedia.com

×