Ko'chmas mulk
Tiyinopedia
22-12-2017 13081
Ko'chmas mulk - o'z ichiga ma'lum bir yer maydoni bilan birga yerning ustidagi bino, yerning ostidagi tabiiy boyliklar, undagi o'simlik va hayvonot olami hamda hosildan tortib suv va mineral boyliklargacha oladi. OAVlar odatda ko'chmas mulkni turar joy binolari uchun atama sifatida ishlatsada, aslida bu atama uch turga bo'linadi: turar-joy ko'chmas mulki, tijorat ko'chmas mulk va sanoat ko'chmas mulki. Turar-joy ko'chmas mulkiga - xususiy kvartiralar, hovlilar va qurilayotgan yashash joy yerlari kiradi. Tijorat ko'chmas mulkiga - ofis binolari, omborlar va chakana savdo binolari; sanoat ko'chmas mulkiga esa zavodlar, konlar va fermalar kiradi.
Ko'chmas mulk: shaxsiy mulk va ko'chmas mulk
Ko'chmas mulk xususiy mulkning alohida namunasidir. Ko'chmas mulk kengroq atama; yerni, binolarni va boshqa qurilishlarni shuningdek, ushbu yerdan foydalanish va undan foyda olish, qurilishlarini ko'paytirish huquqini beradi. Ijarachilar va lizing oluvchilar o'zlarining shaxsiy mulklari hisoblanadigan yer uchastkalari yoki binolarda yashash huquqiga ega bo'lishilari mumkin, lekin bu ularning ko'chmas mulki hisoblanmaydi.
Shaxsiy mol-mulk zaxiralar, obligatsiyalar va boshqa investitsiyalar kabi nomoddiy aktivlarni o'z ichiga oladi; ijaraga beruvchining ruxsati bilan uyga o'rnatilgan mebellar, kompyuter, kir yuvish mashinasi ham shaxsiy mulk hisoblanadi.
Egasiga ega bo'lmagan yer, masalan: Antarktika yoki Oydagi yerlar ham ko'chmas mulk hisoblanmaydi.
Ko'chmas mulkka investitsiya kiritish
Boshqa investitsiyalardan farqli o'laroq ko'chmas mulk atrof-muhit va qo'shni geografik hududlardan sezilarli darajada ta'sir oladi. Shuning uchun mashhur ko'chmas mulk qoidasi: "joylashuvi, joylashuvi, joylashuvi"dir. Qattiq iqtisodiy turg'unlik yoki moliyaviy depressiya holatlari mustasno bo'lganida, ko'chmas mulkning qiymatlari asosan mintaqaning bandlik darajasi, iqtisodiy, jinoyatchilik darajasi, transport vositalari, maktablar va boshqa kommunal xizmatlar sifati va mol-mulk solig'i kabi mahalliy omillar ta'siriga qarab belgilanadi.
Uy-joy va tijorat ko'chmas mulk investitsiyalarida asosiy farqlar mavjud. Birinchidan, turar-joy ko'chmas mulki tijorat ko'chmas mulkiga nisbatan odatda arzonroq va kichikroqdir, shuning uchun kichik investorlar uchun qulayroq hisoblanadi.
Boshqa tomondan, tijorat ko'chmas mulk odatda bir metr kvadrat uchun qimmatroq bo'ladi va uning ijarasi nazariy jihatdan ko'proq prognozli daromad oqimini ta'minlaydi. Ammo, ko'p daromad katta mas'uliyatni talab qiladi; bunday ko'chmas mulklar davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi va unga tegishli qonunlar tez-tez o'zgarib turadi. Bunday ko'chmas mulk turlarida, hatto bir shaharning turli joylarida har xil qonunlarga amal qilinishi mumkin.
Manbaa: www.investopedia.com
×