Angel Investor (Farishta sarmoyador)

Tiyinopedia 04-11-2017 3615

Angel Investorlar asosan kichik startaplar va tadbirkorlarga sarmoya kiritadilar.
Ko'pincha, angel investorlarlar tadbirkorlarning oila a’zolari va yaqin do'stlari bo’lib chiqadilar. Yetarli mablag’ga ega bo’lgan bunday sarmoyadorlar ko’pincha yangi tuzilgan biznesni rivojlantirish va uni moliyaviy qiyinchilik paytida qo’llab-quvvatlash uchun bir martalik sarmoya kiritadilar.
Angel Investorlar kreditorlar bilan taqqoslaganda ancha unumdor va foydali imkoniyatlarni taklif etadilar chunki ular odatda mavjud biznesdan ko’ra yangi tadbirkorlikni yo’lga qo’yayotgan biznesmenlarga pul tikadilar. Angel investorlar qilgan sarmoyalaridan tezda foyda olishni maqsad qilmay, avvalo yangi biznesni oyoqqa turishiga ko’maklashadilar. Ular shu xususiyatlari bilan "Venture Capitalist"lardan ajralib turadilar.
Angel investorlar odatda norasmiy sarmoyador, xususiy sarmoyador, urug’ qadovchi sarmoyador yoki biznes farishtasi deb ham ataladi. Ular sarmoyalari evaziga, venture kapitalistdan farqli o’laroq, startapning kattaroq ulushiga egalik qiladilar. Ba’zi bir angel investorlar, startaplarga “Crowd funding” - internet saytlari orqali ham sarmoya kiritadilar.

Angel investorlarning kelib chiqishi

Angel (farishta) atamasi Broadway teatridan kelib chiqqan, chunki o’shanda badavlat shaxslar teatr ijod mahsulotlarini targ’ib qilish maqsadida katta miqdorda pul ajratganlar. "Angel investor" atamasi ilk bor Nyu-Xempshayr Universiteti tomonidan Venture Research markazining asoschisi Uilyam Vetzel tomonidan ishlatilgan. Vetzel tadbirkorlarning kapitalni qanday to'plashi bo'yicha tadqiqotni amalga oshirgan.

Kimlar Angel Investor bo’lishi mumkin?

Angel investorlar akkreditatsiyalangan investorlar uchun qimmatli qog'ozlar birjasi komissiyasining (SEC) talablariga javob berishlari kerak. Angel investor bo'lish uchun umumiy kapitali kamida $1 million va yillik daromadi $200 000 bo'lishi kerak. Ular sarmoya kiritayotgan paytda, odatda o’z mablag’larini ishlatadilar.

Investitsiya profili

Dastlabki bosqichda muvaffaqiyatsizlikga uchragan startaplarga investitsiya kiritgan angel investorlar o’z sarmoyalarini butunlay yo’qotishadi. Shuning uchun, professional angel investorlar odatda “chiqish strategiyasi”ga amal qiladilar va boshlang'ich mablag’ kiritish uchun imkoniyatlarni izlaydilar.
Angel investorlar startapning 20-30 foiz ulushiga egalik qiladilar. Garchi bu startap asoschilariga ko’pdek tuyulsada, bunday imkoniyatlarni banklar taqdim eta olmaydi .Bu esa moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgan startaplar uchun eng qulay tanlov hisoblanadi.


Manbaa: www.investopedia.com

×