Artel U5: Koinot qo'lingizda

Taqdimot 27-12-2017 2093
Artel U5: Koinot qo'lingizda

Tungi osmonga boshingizni ko'tarib, yulduzlarga ko'z tashlaganingizda his qilgan tuyg'ularingiz esingizdami? O'sha damda nima haqida o'ylagan edingiz? Yulduzlar va uzoq sayyoralar hayolimizni zabt etadi, o'zimizni samo oldida kichik bir jonzotdek his qilishga majbur qiladi. Ming yillardan beri biz tubsiz osmonga ko'z tashlab, u nimalarni yashirar ekan deb o'z-o'zimizdan so'raymiz. Odamzod paydo bo'lganidan beri samoni tushunish va zabt etish xayollari bilan band. Tarixda astronomlar yulduz sanashgan, yulduz xaritalarini tuzishgan va avloddan-avlodga samo haqidagi bilimlarini uzatishgan va to'plashgan. Vaqt o'tdi va koinotning odamzod tomonidan zabt etilishi vaqti keldi. Biz samoga chiqdik, biz oyga qadam bosdik.

Odamzod koinotga birinchi marta chiqqanidan beri yarim asr o'tdi. Ushbu vaqt ichida texnologiyalar shunchalik ilg'orlashib ketdiki, hozir qo'limizda ushlab turgan smartfonlarimiz oyga yo'l olgan Apollon – 11 ning hisoblash mashinalaridan ancha kuchliroq. Yangi Artel U5 smartfoni xususiyatlari va tashqi ko'rinishi xuddi taraqqiyot sharafiga o'rnatilgan yodgorlikdek.

Uning tashqi ko'rinishi va to'q qora rangi tufayli, Artel U5 samoviy kemaning muhim bir qismiga o'xshab ketadi. Bu haqida Kun.uz sayti xabar beradi.

/uploads/image/rtl4.jpg

Artel U5 ni xarid qilgan har bir inson o'zini katta tizimning qismi ekanligini his etishi mumkin.

Yangi smartfonda, katta va yorqin ekrandan boshlab barmoq izi himoyasiga qadar, mobil telefonlar ishlab chiqarish sohasidagi barcha yangiliklar va yutuqlar to'plangan.

U5 smartfoni Artel korxonasining smartfonlari davomchisidir. Uning xususiyatlari, qulayligi va tashqi ko'rinishi hayratga soladi. Artel U5 ning ko'rkam dizayniga qarab, uning egasi doimo olg'a intiluvchi, taraqqiyparvar ekanligini tushunib yetish mumkin.

Smartfon xususiyatlari

Artel U5 ga 5.7 dyuymlik ekran o'rnatilgan. Ushbu ekran smartfon frontal qismining 83 foizini tashkil etadi. Bu degani, Artel U5 ning ekrani xuddi shu o'lchamdagi smartfonlar ekranidan ancha katta. Artel U5 ning ekrani IPS bo'lib, HD + formatiga ega, ekran o'lchamlari esa 1440 ga 720 pikselni tashkil qiladi. Undan tashqari U5 smartfonining ekrani 2.5D xususiyatiga ega. 2.5D xususiyati tufayli ekrandagi tasvir umuman o'zgacha tus oladi. Yangi smartfonning sensori esa juda ham tezkor va sezgir.

Artel U5 smartfoniga ikkita yuqori sifatli kamera o'rnatilgan. Smartfonning frontal qismidagi kamera selfi kamera deb ataladi. Ushbu kamera yuqori sifatli selfi suratlarni tushirish uchun yaratilgan. Kameraning o'lchamlari 16 megapikselga tengdir. Selfi kamera bilan birga o'rnatilgan yoritgich yordamida hatto tunda ham juda chiroyli suratlar tushirish imkoniga ega bo'lasiz. Asosiy kamera sizga katta imkoniyatlarni ochib beradi. Masalan, siz Portrait tugmasini bosib go'zal portretlar yoki Beauty Face va HDR yordamida chiroyli suratlar va Night Shot yordamida ajoyib tungi suratlar tushirishingiz mumkin.

/uploads/image/rtl3.jpg

Artel U5 turli xil yordamchi sensorlarga to'la. Ushbu sensorlar smartfondan foydalanishni yanada osonlashtiradi. Bunday sensorlardan biri – bu barmoq izi sensoridir. Artel U5 ning orqa panelida joylashgan barmoq izi skaneri Artel smartfonini tez va qulay himoya qilish imkonini yaratadi.

U5 smartfoniga yorug'lik sensori, masofa sensori, akselerometr va giroskop kabi sensorlar o'rnatilgan.

/uploads/image/rtl5.jpg

Artel U5 Qualcomm korxonasida ishlangan 64 bitli protsessoriga ega. Protsessorga 425 chipsetli Snapdragon kristali o'rnatilgan. Protsessor 4 ta yadroga ega. Har bir yadro 1.4 GHz tezlikda ishlaydi. Video va grafika uchun Adreno™ 308 javob beradi. Smartfonning operativ xotirasi 2 gigabayt, doimiy xotirasi esa 16 gigabayt bo'lib, uni 64 gigabaytgacha oshirish imkoniyati ham mavjud. U5 smartfoniga o'rnatilgan 2900 mAh batareya esa to'liq bir kunga bemalol yetadi.

Artel U5 bu xavfsiz, ko'p xususiyatlarga ega va zamonaviy smartfonlarning yorqin vakilidir. Bu nihoyatda qulay smartfon sizni hamma sarguzashtlaringizda va cho'qqilarni zabt etayotganingizda yoningizda bo'ladi. Artel U5 – bu dunyoni yaxshi tomonga o'zgartira oladigan va faqat oldinga intiluvchan insonlarning tanlovi.

/uploads/image/rtl2.jpg

"Artel U5" smartfonining taqdimoti 26 dekabr Toshkent shahrida “Atlas” ko'ngilochar savdo majmuasida bo'lib o'tdi. Jonli orkestr ijrosi, illyuzionist chiqishi, xuddi yaqinda samoviy kemadan tushgan kosmonavt – bularning hammasi koinot atmosferasini yaratdi.

Yangi smartfonni sotib olish uchun +99871 150-99-88 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy sahifasiga https://www.facebook.com/artelmobile.official/ murojaat qilishingiz mumkin.

Manbaa: kun.uz

×