Bir vaqtning o’zida bir nechta topshiriqlar ostiga ko’mib tashlangan bo’lsangiz, ushbu maqolani o’qing!
Maqolaning qisqacha xulosasi: bugunga kelib kamdan kam insonlar bir vaqtning o’zida bitta loyihada ishlash odatiga sodiq qolib kelmoqdalar; ammo ko’pchiligimiz bir vaqtning o’zida ko’plab jamoalar/korxonalar/loyihalarning ishlarini sirkda tomosha ko’rsatadigan jonglyor fishkalarini o’ynatgandek o’ynatmoqdamiz. Nazariy tarafdan, “multi-jamoalilik” (bir vaqtning o’zida bir nechta jamoalarda ishlash) tizimi bir qator promoushnlar (lavozim/ishda ko’tarilish/o’sishlar)ni taklif qiladi: o’z tajribangizni kerak bo’lgan joy va pallada ishga solishingiz, bilimlaringizni jamoalar kesimida, hamkasblar guruhlari bo’ylab baham ko’rishingiz hamda qimmatli vaqtingizni uvol qilishdan saqlanib, kasbiy ta’til davomida ham yangi loyihalarni sinovdan o’tkazishingiz mumkin.
Aslida ham shundaymi?
Haqiqat shuki, so’nggi 15 yil ichida olib borilgan tadqiqotlarda aniqlanganidek, bir vaqtning o’zida bir nechta joyda faoliyat yuritish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Ko’p odamlar uchun bir nechta turli xil loyihalarni bir vaqtda bir xil sur’atda bajarib ketish nazariya bizga uqtirganidan ko’ra kamroq samaralidir va balki stressli hamdir. Vazifalar o’rtasida e’tiborni taqsimlash va goh unisiga, goh bunisiga o’tib yurish ko’p vaqt talab qiladi va e’tibor va kuchni kemirib ado qiladi. Bir nechta jamoalar o’rtasida bir vaqtda harakatlanayotganda, katta ehtimol bilan turli xil rollarga moslashishga ham majbur bo’lasiz — bittasida xo’jayin bo’lishingiz mumkin, ammo boshqasida esa oddiy ish o’rganuvchi - stajor, masalan, — bu nafaqat javobgarlik, mas’uliyat hissini, balki og’ir ish vaqtida resurslarni boshqarish qobiliyatingizni ham o’zgartiradi.
Turli jamoalar o’zlarining noyob madaniyatlariga, jumladan, munosabatlar, tartiblar, ramzlar, hazillar, umidlar va dudmal ishchilar uchun bag’rikenglikni ham o’z ichiga oladi. Bu esa, o’z navbatida, kishidan katta energiya talab qiladi. Agar har bir jamoaga qo’shadigan hissangizni puxta rejalashtirmasangiz va bu bo’yicha mutasaddilar bilan oldindan kelishib olmasangiz, ishlab rivojlanish o’rniga har kuni bir xil ishni bajarish bilan kasbiy salohiyatingizni zoye qilishingiz mumkin.
Agar siz bir nechta jamoada ish yuritib kelayotgan bo’lsangiz, vaqtingizni, stressni va rivojlanish sur’atingizni qanday nazorat qila olasiz? Qanday qilib eng muhim narsaga birinchi e’tibor qaratishni o’rganasiz? Shu kabi narsalarni ish oldidan rejalashtirishni boshlang va bir nechta oddiy qoidalarga amal qiling:
Ishga ustuvorlik berish va ketma-ketligini belgilash
Kichik masalalarga ko’p ham e’tibor bermang. Kunning muayyan qismidagi ishga bor e’tiborni qaratish sizni reaktiv rejimiga o’tkazib, tez charchatib qo’yadi. Ishning tamomlangan bosqichlarini qayd etib borish uchun barcha loyihalaringiz bo’yicha belgilama daftar tuting. Vazifalar shoshilinch bajarilishi kerak bo’lgan vaqtlarni faol ravishda aniqlab, vaqtingizni to’g’ri taqsimlashingiz va kutilayotgan natijalarni o’zingiz uchun belgilab olishingiz mumkin. Loyihalar bajarilish tezligi va jamoa talablariga qanchalik javob berishingiz esa ishlash sifatingizning ideal chastotasini aniqlaydi hamda zarurat tug’ilsa faoliyatingizdan manfaatdor tomonlar ish paytida ustuvorliklarni belgilash uchun sizga qonun-qoidalarni ham belgilab beradi.
Strategik jihatdan ketma-ketlik
Bitta vazifani tanlang va unga diqqat bilan e’tibor qarating, shunchaki hazillashmang. Yengil qaramang. Ishni eng katta kontsentratsiyani talab qiladigan vazifadan boshlang va unga alohida e’tibor bering. Erishish shart bo’lgan aniq natijalar ko’lamini hal qiling, faqat ushbu natijalarga yetish uchun qanday harakatlar zarurligini aniqlab olib, unga shafqatsizlarcha rioya qiling.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ish kuni davomida qilinishi kerak bo’lgan vazifalarni bajara turib, hadeb biridan ikkinchisiga sakrash e’tiboringizning katta qismini jalb qiladi va ana shu narsa haqidagi keraksiz o’ylar miyangizda o’rnashib olib, ish samaradorligingizni tushishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun kun davomida bir vazifani tamomlamay turib, kamroq yangi ishlarga qo’l ursangiz, shuncha yaxshi bo’ladi. Agar siz bir vaqtning o’zida bir qancha vazifani bajarishingiz kerak bo’lsa, unda muvofiqlashtirsa bo’ladigan vazifalarni bir joyga jamlang va guruhlashtiring. Masalan, agar siz telefon qo’ng’iroqlariga tasodifiy ravishda javob berishingiz kerakligini bilsangiz, ishni istalgan vaqtda to’xtatilishi mumkin bo’lgan biror vazifani bajarishdan boshlang.
Kutilayotgan natijalarni aniqlab olish va unga intilish
O’zingizni himoya qiling. Agar ustuvor vazifaga e’tibor qaratayotgan bo’lsangiz, keraksiz tajovuzlardan ruhiy chekinish rejimiga o’tib oling va hech narsaga diqqatingizni bo’lmang. Masalan, men biror yuqori ahamiyatga ega hujjatni yozayotganimda elektron pochtamga kunning ma’lum bir vaqtiga qadar xabarlarni tekshirmasligimni aytadigan avtomatik javob o’rnatib qo’yaman, va favqulodda holatlardagina aloqaga chiqishlari uchun mobil raqamimni ilova qilaman.
Shu zaylda, odamlarga tezkor javob kutmasliklarini bildirib, diqqatni jamlash uchun biroz ko’proq vaqtga ega bo’lasiz hamda ularning xabarlariga kechroq (bo’sh vaqtingizda) javob qarataverasiz. Telefon raqamingizni qo’shib qo’yish shoshilinch qo’ng’iroqlarga javob berishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Ammo e-mail avtomatik javob qaytaradigan xabarga telefon raqamingizni biriktirib qo’yish ularning so’rovlari haqiqatan ham shoshlinch e’tiborga muhtojmi yoki yo’qmi, ularni shu haqida o’ylab ko’rishlariga majbur qiladi.
Ishdagi o’sishni qayd qilish va boshqalarni bundan xabardor qilib borish
Tezligingizni ko’rish jamoangiz rahbarlariga o’zlarini kuchlilar bilan birga ekanlarini va har bir jarayon ishonchli kishilar nazorati ostida ekanini his qilib turishlariga yordam beradi. Muammolar yuzaga kelganda ularni hal qilish uchun tashabbus ko’rsating. Qachonki siz: “Ha, biz muammoga duch keldik va bu muammo bizga topshiriqni 100% bajarishda to’sqinlik qilishi mumkin. Ammo ishni ayni siz istagandek qilib yakunlashga astoydil harakat qilaman” deb mardlarcha ayta olsangiz, rahbarlar ham sizga yanada ko’proq ishonch bildiradi. Yig’ilishlarimizdan birida jamoamizning tajribali bir a’zosi, o’ziga berilgan ko’plab so’rov-iltimoslarga shunchaki bir og’iz so’z aytdi, xolos: “Havotir olishga hojat yo’q, o’zim hal qilaman”. Hatto hamkasblariga ushbu juda qisqa javob u yigit ularning iltimosini qabul qilganligini anglatdi. Shuning uchun ular qo’shimcha tafsilotlarni taqdim etganda u ularni yanada diqqat bilan tinglab borishiga ishonishdi.
Rivojlanishingizni optimallashtirish
O’zingizni biling. Ko’p tarmoqli faoliyatning asosiy salbiy jihati bu turli sohalardagi mutaxassislarning ta’sirini qisqartirish bo’lib, bu ulardan yangi ko’nikmalar o’rganish imkoniyatingizni va taassurot yaratish qobiliyatingizni kamaytiradi. Vaqt bosimi ostida, har bir individual a’zo o’rganish va o’sishiga sarmoya kiritishdan ko’ra, chuqur bilimga ega bo’lgan sohasiga hissa qo’shishi kerak. Siz o’z rivojlanish strategiyangizga va ularga erishishdagi samaradorlikka ega bo’lishingiz kerak. Jamoangizda yana kimga ta’sir qilmoqchi ekaningizni aniqlang. Birga rivojlanish uchun o’zingizga sherik tanlang. Rivojlanish maqsadlaringizni jamoangiz rahbariga ham, o’sha mutaxassislarga ham aniq bildirib qo’ying.
O’zingizni majburlang. Rivojlanish maqsadlaringizni aniqlaganingizdan so’ng, yanada ko’proq yangi malakalarni o’rganish uchun vaqt ajrating. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, o’rganishning muhim, hal qiluvchi omili yangi ma’lumotlarni aks ettirish va birlashtirish uchun sarflangan vaqtdir. Bu juda qiyin, chunki ko’p o’yin-kulgi bizni vaqtni qisqartirish bo’yicha aniq maqsad bilan loyihalar orasida sakrab yurishga majbur qiladi. Shuning uchun siz vaqtni qat’iyat bilan va aniq rejalashtirishingiz kerak. Shubhasiz, siz haddan tashqari ko’p ish qilib, boshqalarning ham ishlashiga to’sqinlik qila olmaysiz. Lekin jamoa a’zolari sizning mehnatingizni “haqiqiy ish" deb hisoblashlariga munosib harakat qiling.
Stresslar va xavf-xatarlarga qaramay, dunyo bo’ylab multi-jamoalilikning katta moliyaviy foydalari bu ish uslubi, ayniqsa intellektual salohiyat bilan bog’liq sohalarda, allaqachon insonlarning hayot tarziga aylanganligini ko’rsatadi. Ammo bu bir vaqtning o’zida bir nechta jamoalarda ishlaydigan odamlar uchun har tomonlama xavf tug’dirishi mumkin. Shunga qaramay, jamoa a’zolaridan biri sifatida siz haddan tashqari ko’p ishlanadigan tashkilotda ish jarayonini boshqarishingiz va ba’zi imtiyozlarni o’zingizga olish orqali ishning zimmangizdagi amaliy yukini birmuncha kamaytirishga erishishingiz mumkin. Ammo bu har doim ham hamma uchun optimal yechim bo’la olmaydi.
Mualliflar: Heidi K. Gardner va Mark Mortensen
Manba: HBR.org
Ingliz tilidan Qobiljon Sobirjon o'g'li tarjimasi