Biznesda farovon hayot va erkinlikning ahamiyati
Islohot
23-10-2021 1004
Startaplarning biznesga qo‘shgan asosiy hissalaridan biri bu ularning yangi ish muhiti yaratishdagi erkinligidir. Bir qadar tez, innovatsion va ijodkorona fikrlash orqali ushbu tez rivojlanuvchi loyihalar faqatgina bir nechta kishilar va cheklangan resurs orqali ish boshlab, insonlarni o‘z loyihalarining markaziga qo‘ya oldilar.
Anʼanaviy bizneslardan farqli ravishda, startaplar ko‘proq o‘zgarishlarga moslashuvchanlik, davomli kuzatuv va biznes uchun qayg‘urishga asoslanadi. Bu esa hamkorlarga har doim yetarlicha oylik, barqaror faoliyat va farovon hayot sari boshlaydigan ish muhiti taklif etadigan bir tizimdir.
Startaplarning ustunliklaridan yana biri shundaki, ushbu bizneslar jamiyat aʼzolari va balki butun insoniyat uchun targ‘ibotchilik va farovonlikning yangicha shakli bo‘lib, maʼlum bir sohalarda liderlik va proaktivlik, yaʼni o‘ta faollikning foydali taraflarini insonlarga namoyish qilishga va na kompaniyalarga, na jamiyatlarga foyda keltirmaydigan eskilik sarqiti bo‘lgan bir qancha anʼanalarni saqlab turishdan voz kechishga imkon yaratadi. Masalan, uzun ish soatlari, kuchli charchoqqa sabab bo‘ladigan majlislarning ko'pligi yoki isteʼdodli insonlarning talantidan oqilona foydalanish, ularning ko‘nikmalarini yanada kengaytirish va insonlarni jalb qilish uchun raqobatbardoshlikning kamligi shular jumlasidan.
Bunda yana bir muhim jihat borki, unga eʼtibor bermay ketish ilojsiz: Janubiy Amerikadagi biznes rivojlangan mamlakatlarda ishchilar haqida kompaniyalar qanchalik qayg‘urayotganini aniqlash uchun izlanish olib borildi. Ilmiy izlanish natijalariga ko‘ra, qatnashchilarning yarimidan ko‘pi, yaʼni 56%i kompaniyalar o‘zlari haqida yetarlicha qayg‘urmayotganini ta'kidlab o‘tdi. Ularning 61%i esa o‘zlari faoliyat yuritayotgan korxona ularning sog‘ligi haqida ko‘proq qayg‘urishini xohlashlarini bildirib o‘tdi.
Kompaniyalar ish muhitining yaxshi bo‘lishi va samaradorlikning yanada ortishi uchun xodimlarning ham ehtiyojlariga quloq solish, ularning hayotini ham farovonlashtirshga intilish va ish tarzida o‘zgarishlar qilishga erkinlik berish hozirda hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo bo‘lib turibdi (biroq bu muammo startaplarga taalluqli muammo emas).
Shuni yoddan chiqarmasligimiz kerakki, bu kabi erkin yondashuv o‘zimiz xohlayotgan va intilayotgan kelajakka erishishning eng sodda va samarali yo‘lidir.
Manba: «Entrepreneur.com» nashri
Qobiljon Sobirjon o‘g‘li tarjimasi
×