Google qanday daromad ko’radi?

Pul oqimi 28-11-2017 4526

Ko’pchilikni o’ylantiradigan savol: Google qanday daromad ko’radi?. Bizning bu savolimizga javobni "Google"ning bosh ijorochi direktori yillik hisobotdagi aksiyadorlarga yo’llagan xatida oshkor etgan: “Bizning asosiy daromadimiz onlayn arzon narxdagi reklamalardan keladi”.

Bir vaqtlar Northern Light va Ask Jeeves odamlar tomonidan e’tirof etilgan asosiy qidiruv vositasi edi. Lekin 1998 yilda tashkil etilganidan bir necha yil o’tib, Google butun dunyoda mashhur qidiruv vositasiga aylandi va Google so’zi fe’l sifatida ham ishlatila boshlandi. Bu qanday sodir bo’ldi?
Bir so'z bilan "AdWords" Googleni dunyodagi eng yirik avtobus bekati desak ham bo’ladi chunki u daromadlarining 96 foizini reklamadan oladi. Bu esa qidiruv tizimi sifatida tanilgan Googleni raqobatchilaridan shunisi bilan ajratib turadi. Googlening asoschilarining aytishicha: "agar siz google qidiruv maydonchasida biron narsani tersangiz, siz o’z o’zidan aynan o’sha sahifalarga yo’naltirilmaysiz. Bularning hammasiga "AdWords" (google dasturi) ga reklama beruvchining ta’siri tufayli amalga oshiriladi. Googlega reklama qo’yish ham auksion orqali amalga oshiriladi. Boshqalardan ko’ra qancha ko’p pul taklif qilsangiz va reklama qilinadigan narsaning sifati qancha yaxshi bo’lsa, sizning reklamangizning yuqorida bo’lish darajasi shuncha yuqori bo’ladi.

Googlening foyda ulushi

Masalan siz Toshkent shahri, Chilonzor tumanida nonvoyxona biznesi bilan shug’ullanasiz. Deylik, biron kishi shu hududda non sotib olmoqchi bo’lsa Chilonzordagi nonvoyxona deb qidirishi mumkin va kalit so’zlar “Chilonzor” + “nonvoyxona” bo’ladi. Agar siz google sahifasiga reklamangizni kiritsangiz va kalit so’zlarda Chilonzor nonvoyxona deb kiritasiz. Agar shu tumandagi non uchun googleda qidiruv bersa ularga birinchi bo’lib sizning sahifangiz ko’rinadi va bu esa sizning biznesingiz uchun potensial mijozlar sonini oshiradi.
Google mijozlari nuqtai nazaridan (reklama qo’yadiganlar) bu juda ham qulay va xavfsiz taklif. Chunki Google o’z xizmat haqqini qachonki qidiruvchi reklama qo’ygan shaxsning sahifasiga kirsagina yechib oladi. Agar reklamani hech kim bosib kirmasa, mijozdan haq yechib olinmaydi. Bunda mijozni o’z reklamasini hech qanday to’lovlarsiz Google joylashiga imkon yaratadi. Har bir reklamani bosishning (click) ning narxi 50 sentdan $50 gacha bo’lishi mumkin.
Googlening reklamadan keladigan yana boshqa bir daromad manbayi bu "AdSense". Bundan ikki tomon ham (google va begona sayt) ham manfaatdor bo’ladi. Tasavvur qiling, sizning shaxsiy veb saytingiz bor va u juda ham mashhur va ko’pchilik unga tashrif buyuradi. Siz shunda Googlening Adsense dasturi orqali boshqa bir reklamalarni Google bilan hamkorlikda o’z shaxsiy saytingizda reklama qilishingiz mumkin. Sizning saytingiz orqali reklama qo’yildi va sayt orqali reklamaga yo'naltirilsa har bir kirish uchun belgilangan mablag’ning 68 foizi saytingizga va 32 foizi Googlega nasib qiladi. Masalan, har bir kirish narxi $10 bo’lsa, siz $6.8 ga va Google esa $3.2 ga ega bo’ladi.
Google 2015 yilda reklamalardan $77 milliard daromad ko’rdi. Bu mablag’ning 77 foizi Adwords va 23 foizi Adsense hisobiga to’g’ri keladi.


×