Bosh direktorlar menejerlardek emas, balki kompaniya asoschilaridek fikr yuritishlari kerak

Muvaffaqiyat siri 28-11-2017 1820
Bosh direktorlar menejerlardek emas, balki kompaniya asoschilaridek fikr yuritishlari kerak

2001-yilda eng yuqori bozor imkoniyatlariga ega kompaniyalar ro'yxatiga "moviy soqqa" kompaniyalari yetakchilik qilishardi. "General Electric", "Microsoft", "ExxonMobil", "Walmart", va "CitiGroup" - bularning barchasi o'z sohasining mutaxassisi va vazifani optimallashtirish yordamida biznesni samarali yo'naltira olgan menejerlar tomonidan boshqarilgan.

Bugungi kunga nazar solsangiz, bu ro'yxatni ajoyib tarzda o'zgarganini guvohi bo'lasiz. "Apple", "Alphabet", "Microsoft", "Amazon'', "Berkshire Hathaway" va bularga yetay deb qolgan "Alibaba", "Facebook'' hamda ,,Tencent'' kompaniyalari mazkur ro'yxatga boshchilik qilishmoqda. Bular asosan, biznesining mohiyatida samarali rivojlanishni birinchi o'ringa qo'yib kelayotgan dadil jamoa, yetakchilar va asoschilar boshqarayotgan yosh kompaniyalardir.
O'tgan yillar davomida bu kompaniyalar yuksalishi uchun ko'plab turtkilar bo'ldi. Endi esa uzoqni ko'ra bilib doimiy ravishda sarmoya tikayotgan ushbu yosh, epchil direktorlarning kompaniyalarini bozorning o'zi taqdirlamoqda.
Katta korporatsiyalar esa vaqti-vaqti bilan bunday rivojlanayotgan kompaniyalarga yangi g'oyaviy, shiddat bilan o'sishni ko'rsatadigan startuplar(yangi biznes) yaratish metodlari orqali javob "zarbasini" berib turishadi. Ammo bu harakatlar ba'zida yarani bint bilan bog'lashdek samara beradi.
Kompaniya rivojlanish trayektoriyasini izga solish uchun unda juda chuqur boshqaruv islohotlarini amalga oshirish, avvalambor buni yuqori boshqaruv tizimidan boshlash talab qilinadi. Yangi rivojlanish bosqichini ishlab chiqish uchun esa bosh direktor boshqaruvchidek emas, kompaniya asoschisidek fikr yuritib, jonkuyarlik ko'rsatishiga to'g'ri keladi.
Islohotchi bosh direktorlar - kompaniyani o'zlari tashkil qilmaganliklariga qaramasdan uning asoschisi kabi ish tutishadi. Ular kompaniyaning to'xtovsiz rivojlanishiga sarflayotgan o'z quvvatlariga ahamiyat berishmaydi. Buning o'rniga ular o'zlarining kompaniyalari aktivlarini yangi bozorga yangi takliflar bilan ko'chish va betakror g'oyaviy yechimlar izlashga sarflaydilar.
Satya Nadella, Microsoft bosh direktori, gapimizning yorqin misolidir. Nadella 2014-yilda Microsoftning bosh direktori lavozimiga tayinlanishi bilanoq kompaniyaning ish yuritish strategiyasini rivojlanishga yo'naltirdi. U - "agar yangisiga sakramasang, jon saqlolmaysan" degan edi. Nadella Microsoftning merosiy mahsulotlari, bu o'rinda "Windows", kabilar bilan cheklanib qolmasdan "Ai" va "SaaS" texnologiyalarini o'zlashtirishga, "Microsoft" xizmatlari qatoriga qo'shib qo'yish uchun "LinkedIn" ni sotib olishga sarmoyalar kiritdi. Yuqoridagi xizmatlari orqali u uzoqni o'ylab ish qilish mohiyatining, izlanish va o'rganishning va bulardan tashqari, boshqa qiymatlar orasida xaridor iste'moli qoniqishining qiymati yuqori o'rinda turishini isbotladi. Bozor Nadellaning mehnati va g'oyalarini yuksak e'tirof etdi , u boshqaruvchi lavozimini egallagandan keyin Microsoft kompaniyasi ancha vaqtdan beri hukm surayotgan turg'unlik holatidan rivojlanish holatiga o'tti va aksiyalari ikki baravarga o'sti. 2016-yilda esa mazkur kompaniya bozorning yetakchi beshligiga kirdi.
Siz asoschidek fikr yuritishingiz uchun Satya Nadella bo'lishingiz shart emas. Biz juda ham ko'p asoschi-bosh direktorlar bilan ishlash jarayonida ular qanday qilib kompaniyalarini oyoqqa turg'azganligi va o'zlariga qanday yo'lni tanlashganligining guvohi bo'ldik. Har qanday menejer o'zining tajribasidan kelib chiqib bosh direktordek emas balki, kompaniya asoschisidek fikr yuritishiga yordam beradigan quyidagi beshta odatni taklif qilamiz.

O'ylov fikringizni yuksaltiring

Yetuk biznes strategistlari mavjud bozordagi potensial adresslarga murojaat qilib undagi tanqislikni aniqlashadi va to'ldirishga harakat qilishadi. Islohotchi bosh direktorlar esa mavjud bozordagi mavjud muammolarni aniqlashadi va unga tegishli ravishda yechim ishlab chiqishadi.

Masalan, 1980- yilda yetuk biznes vakillari simli uyali aloqa telefonlari bozorini kengaytirish bilan mashg'ul bo'lgan bir paytda, islohotchi direktorlar bozorda ko'plab oddiy odamlarning simsiz uyali aloqa telefoniga talabi kuchliligini aniqlashadi va uni ishlab chiqishadi.

Murosayu madora qilmang

Gap qaror qabul qilish ustida borganida, kattadan-katta kompaniyalar ham xavfni minimallashtirish maqsadida murosa yo'liga o'tib kelishishga vaqt ketkazayotgan bir paytda, asoschi-bosh direktorlar bunday murosadan tashqari joyda yangi imkoniyatlar quchoq ochib kutayotganini ko'ra olishadi.Venture Capitalist Mark Andreessen aytganidek, "qachonki biror narsa haqida murosa qilishga o'tilsa demak, pul albatta cho'ktiriladi va foyda olish imkoniyati yo'qqa chiqadi".
"Yana shunisi aniqki,- deydi Jeff Bezos. - Bir birovining fikriga qo'shilmasa ham murosa qilib ishlashda davom etishadi va oxir-oqibat yanglishganini tan olib muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi".

Unumli muvaffaqiyatsizlikni ishtiyoq bilan qabul qiling

Omadsizlikka duchor bo'lish nima ekanligini hamma biladi. Ammo uning asosiy mohiyati bu - unga bardosh berish yoki aza tutish emas balki, muvaffaqiyatsizlikka uchrash yordamida haqiqatni bilishdir.
Islohotchi direktorlar o'zlarining omadsizliklaridan ham foydalanib, uning yordamida kelajakda to'g'ri qarorlar chiqarishadi. Erik Rays o'zining "The Lean Startup and The Startup Way" kitobida unumli omadsizlik, xatolaringizdan xulosa chiqarib kelajakda shu xatolar ortidan kelgan bilim yordamida muvaffaqiyat sari "uchib" ketishingiz mumkinligini tushuntirib o'tgan.

Yangi tashabbuskorlarni qo'llang

Ko'plab katta biznes doiralarida ularni yana ham katta qilishi mumkin bo'lgan tashabbus vakillarini, o'zlarining eski standart ish usulida ushlab, "o'ldirib" qo'yishadi. Yangi tashabbuskorlar shunchaki biznes emas balki, ular kelajak biznesining farazidirlar. Shunday ekan, ularni standart ish usulida qotirib qo'yish, biznesni kelajagi va gullab-yashnashiga bolta urish bilan tengdir.

Biznes kelajak strategiyasini ishlab chiqing

"Hail Mary" kompaniyasi eskicha qarashlardan farqli o'laroq, yangi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi. Masalan, ular Venture Capialistlardek kelgusi 5 yilda kompaniyalarini qayerda ko'rishni istashadi va shunga mos strategiyalar portfoliyo(reja)sini ishlab chiqishadi. Katta foyda katta tavakkalni talab qiladi.
O'zlarining kompaniyalarida islohotlar o'tkazish uchun bosh direktorlar jasur va dadil bo'lishlari, o'ziga xos tarzda ish yuritish uchun xodimlariga vazifa va chegaralarni ko'rsatib qo'yishlari talab qilinadi. Bunday islohotlarsiz kompaniya yana eski murosasizlik holatiga o'tib qolishi hech gap emas.


Manbaa: hbr.org

×