Boshlig'ingiz bilishingizni xohlaydigan, ammo buni hech qachon sizga aytmaydigan 3 narsa
Muvaffaqiyat siri
02-12-2017 1651
Boshlig'ingiz bilishingizni xohlaydigan, ammo buni hech qachon sizga aytmaydigan 3 narsa
Bu uch narsa sizga muvaffaqiyatli ishlashga yordam beradi, lekin bu narsalarni menejeringizdan eshitmaysiz.
Ish joyidagi muloqot - eng asosiy mavzulardan biridir. Sizning xo'jayiningiz tirnoq tagidan kir qidirmasdan boshqarishini xohlaysizmi? Xo'jayiningiz ish haqida uning fikrini bilmaganingiz uchun sizga ko'proq ma'lumot berishini xohlaysizmi?
"Triplement"da o'tgan 6 yilim mobaynida payqagan holatim shu bo'ldiki, deyarli barcha menejerlar ish joyidagi mana shunday savollar bilan kurashishadi. Shu mavzuda yaratilgan barcha kitoblar menejerlarga guruhidagi xodimlar bilan individual tarzda ishga moslashuvchanligini oshirishga yordam beradi. Aniqlanishicha ko'plab menejerlar xodimlari bilan bo'ladigan ishdagi muloqotlarda no'noq hisoblanishadi. Xodim sifatida quyidagi maslahatlarni menejeringiz bilan kelishib ishlash uchun qabul qiling. Boshqaruvchilarga esa barcha xodimlar bilan bir xil muomalada bo'lib ishlash imkonini beradi hattoki, bu qiyin bo'lsa ham.
1. "Har doim nafaqat muammo balki, uning yechimi bilan kel"
Qachonki xodim ishdagi biror muammo bilan kelsa, yaxshi boshliq uni ijobiy kutib oladi. Agarda unday qilmasa, bundan keyin "o'zini gunohkorligi" uchun qo'pol muomala qabul qilgan xodim hech qachon ishdagi kamchilik va muammolarni o'rtaga tashlamaydi. Bu zaxarli madaniyat. Shu sababli ko'p menejerlar masalahat berishga va uni xodimga yetkazish usuliga ehtiyotkolik bilan yondashishadi.
Men yozda ko'chmas mulk muhandisligi companiyasida ishlaganimda, binoda gaz hidini sezdim; quvur teshilgan ekan. Bu haqida borib boshlig'imga xabar berganimda esa uning baland baqirishidan boshqa hech narsani eshtmadim. Yaxshiyamki binoda boshqa bunday holat bo'lmadi. Chunki ikkinchi marotaba bu haqida o'sha menejerga balki aytmagan bo'larmidim.
Sizning boshlig'ingiz muammo bilan kelishingizga rozi bo'lishi bilan birga uning yechimini taqdim etishingizni ham xohlaydi. Mayli sizning muammoga bergan yechimingiz xato bo'lsin, mayli u qabul qilinmasin. Ammo menejer va kompaniya uchun eng muhimi sizning kompaniya istiqboli va rivoji yo'lidagi harakatingizdir. Shunday muammolar borki (masalan kadrlar bilan ishlash) uni yechishga ham harakat qilmasdan bartaraf etish kerak. Sizning xabaringiz shunday holatlarda samarali bo'lishi mumkin.
2. "Ishinga aloqador bo'lmagan narsalarni o'rgana olishingni ko'rsat"
Boshlig'ingizga natija muhim. Shunday bo'lsa ham unga sizning qanday o'zlashtirishingiz va yangiliklarni o'rganib borishingiz kerak. O'zlashtirayotgan bilimlaringizning xilma-xilligi kelajakda ko'tarilishingizga beriladigan chipta garovidir. Qilib turgan ishingizni yaxshi bilishingiz ko'tarilgandagi ishingizni yaxshi qilishingizni anglatmaydi. Shuning uchun ham tez anglay olishingiz va tez o'rgana bilishingiz boshlig'ingizga mansabingizni ko'tarish uchun muhim alomatdir
Ammo menejerlar bunga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishadi, chunki ular hozirgi qilib turgan vazifangizdan chalg'ishingizni xohlashmaydi. Arqonni uzun tashlab sizning sabringiz va aqlingizni sinovdan o'tkazishadi. Hozirgi vazifangizni yaxshi o'zlashtirib yuritishingiz, menejeringizga keyingi vazifangizni ham xuddi shunday eplay olishingizni anglatadi va sizni ko'tarishga bo'lgan ishonchi ortadi.
3."Sen mening o'rinbosarimsan"
Xuddi teatrdagi aktorlardek, siz va sizning boshlig'ingiz ham bir xil rolni ijro etasizlar. Bugun siz o'zingizning vazifangizdasiz, lekin ertaga menejeringizning o'rnida bo'lib qolishingiz mumkin. Siz va uning o'rtasidagi yagona farq bu - malakadir. Agarda siz o'z qiymatingizni oshirmoqchi bo'lsangiz o'zingizni xuddi menejer o'rinbosari deb tasavvur qilishingiz kerak.
Agarda boshlig'ingiz sizga biror ma'lumotni berishga yoki o'rgatishga vaqti bo'lmasa, bularni epchillik bilan undan "sug'urib" olish sizning vazifangizdir. Xuddi teatrda asosiy aktor kasal bo'lib qolganida, uning o'rinbosari sahnaga chiqib aktor o'rnini to'ldira olsa vazifani uddalagan bo'ladi. Sizning holatingizda ham shunday: kerakli paytta boshlig'ingizni vazifasini bajarib qo'ysangiz olam guliston!
Albatta o'rinbosarda yetakchiga nisbatan kam malaka bo'ladi. Ammo vaqti kelganida o'rinbosar ham yetakchiga aylanadi.
Manbaa: www.inc.com
×