Har qanday biznesda yo'l qo'yib bo'lmaydigan 7 ta dahshatli gunoh.

Muvaffaqiyat siri 06-12-2017 2161
Har qanday biznesda yo'l qo'yib bo'lmaydigan 7 ta dahshatli gunoh.

1. Mas'uliyatsizlik

Mas'uliyatsiz odam xavfli, boshqarilmaydigan, ruhiy kasal yoki aqlan nosog'lom odamga o'xshaydi. Unga ishonish ahmoqlikdir, tushuntirish - bu devor bilan gaplashish kabi samarasiz. Bunday turdagilar biznesdagi eng xavfli shaxslar hisoblanishadi.

2. Beparvolik

Topshirilgan vazifadan shunchaki tezroq qutulish maqsadida unga istaksiz yondashilsa u ish hech qachon sifatli va chiroyli bo'lmaydi. Demakki, bu hech qanday mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Beparvolik bu - ishga va hamkasblarga bo'lgan hurmatsizlik belgisidir.

3. Ishning o'z vaqtida va puxta bajarilmasligi

O'z vaqtini tog'ri taqsimlay olish qobiliyatining yo'qligi - o'sha shaxsning umumiy ish holati haqida ma'lumot beradi. Buning natijasida hamma azob chekadi. Mas'uliyatdan qochish, muddatlardan kechikish - ishning umuman bajarilmayotgani bilan techlashtiriladi. Konfereansiya yoki majlislarga doimiy kechikish - eng avvalo o'ziga va hamkasblariga nisbatan hurmatsizlikdir.

4. Zaif fellilik

Mas'uliyatni olishdan qochish, mustaqil fikr qabul qila olmaslik, hadeb nolish va o'zini chetga olish - har qanday biznesda bunday insonni foydasiz buyumdek qilib qo'yadi. Bunday shaxslarga umuman ishonib bo'lmaydi, ular kerakli paytda sharmanda qilib qo'yishlari mumkin.

5. Ahmoqlik

Ko'rinib turgan muammoni ko'rolmay, unga tegishli yechimni mustaqil qabul qilolmaydigan odam butun jamoani orqaga tortadi. Savotsizlik va mantiqiy fikrning yo'qligi bu - kasallikdir. Kasal insonlar esa muhim ishlarda ishlamasliklari kerak.

6. Talabga javob bera olmaslik

Bunday insonlar - voqe'likka hissiyotla yondashuv, yulduzlik kasali, ziddiyat, qo'pol muomala, o'zini qo'lga ololmaslik, odamlarni gapiga uchib yurish, g'iybatkashlik kabi jirkanch xarakterga ega bo'lishadi. Bunday odamlar juda xavfli. Ular tartibsizlik va janjalni keltirib chiqarishadi.

7. Yolg'onchilik

Yog'on gapirish, va'da berib uni ado etmaslik, gapirgan gapida turolmaslik oxir- oqibatda barcha muammolarning sababchisi hisoblanadi. O'z gaplarining qiymati va muhimligini anglamagan har qanday shaxs avvalo o'z hurmatidan keyin ishidan ayrilishi turgan gap.

Manbaa: business-udacha.ru

×