Hozir hatto sening dushmanlaring ham chanqoqlik bilan kitob varaqlashmoqda! Harvard Universiteti talabalariga qanday ruhiy ozuqa beriladi?

Muvaffaqiyat siri 11-12-2017 2133
Hozir hatto sening dushmanlaring ham chanqoqlik bilan kitob varaqlashmoqda! Harvard Universiteti talabalariga qanday ruhiy ozuqa beriladi?

Global miqyosda hayotning barcha jabhalari uchun komil yetakchilarni tarbiyalaydigan, ideal ta'lim tizimiga ega bo'lgan va hozirgi kunda dunyoning barcha burchaklarida jami 360 000 bitiruvchisi bo'lgan Buyuk Harvard Universiteti o'zining 20 000 talabasiga har kuni qanday psixologik tirgak va ozuqani beradi. Quyida bunday ruhiy kuch beradigan jumlalarning ba'zilari bilan qisqacha tanishishingiz mumkin.


1. Agarda hozir sen uxlasang, albatta kuni bo'yi o'ylagan orzu niyatingni tushingda ko'rasan. Lekin shirin uyqu o'rniga o'qishni tanlasang, senda qilgan barcha orzu niyatlaringni ro'yobini ko'rish imkoniyati paydo bo'ladi.

2. Sen biror ish qilishga endi kech bo'ldi deb hisoblayotgan vaqting aslida u ishni qilishinga hali juda erta bo'ladi.

3. Ziyoli bo'lish uchun ta'lim olish mashaqqati va mehnati bu vaqtinchalik qiyinchilikdir. Lekin bilimsizlik mashaqqati bu - butun umrlikdir.

4. O'qish bu - shunchaki vaqt va pul ketkazish emas. O'qish bu kuch uchun vaqt va pul ketkazishdir.

5. Hayot faqat o'qishdan iborat emas. Lekin sen hayotning oddiygina mana shu bosqichidan o'ta olmasang, sen o'zi hayotda nimaga qodirsan?!

6. G'ayrat hamda harakat baxt keltiradi.

7. Omad - faqatgina hammadan oldin boshlaganga va hammadan ko'p harakat qilganga yonbosadi.

8. Barchasiga vaqtida ulgurish hammaga ham emas. Lekin omad mukammallikka harakat qilganga va qaror qabul qila oladiganga beriladi.

9. Vaqt uchadi. O'tayotgan soat mili bu vaqt emas, bu UMRINGDIR!

10. Bugungi dangasaliging va loqaydliging - ertangi ko'z yoshlaringa sabab bo'ladi.

11. Kelajak uchun nimanidir sarmoya qiladiganlar - realistlardir!

12. Sening ish haqqing sening biliminga to'g'ridan-to'g'ri proporsionaldir!

13. Bugungi kun hech qachon qaytib kelmaydi.

14. Hozir hatto sening dushmanlaring ham chanqoqlik bilan kitob varaqlashmoqda!

15. Terlamasang yuzingni artib qo'yadiganlar topilmaydi.

Manbaa: business-udacha.ru

×