Iqtisodiy turg'unlik nima? (Recession)
Iqtisodiy turg'unlik bu - bir necha oy davomida iqtisodiyotning barcha sektorlarida sezilarli pasayish demakdir. Buni sanoat ishlab chiqarish, ish bilan ta'minlash, real daromad va ulgurji-chakana savdoda ko'rish mumkin. Iqtisodiy tadqiqotlar bo'yicha xalqaro byuro (IBER) bu holatni retsessiya deb atashga majbur bo'lmasa-da, iqtisodiy turg'unlikning texnik ko'rsatkichi mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (Yaim) tomonidan o'lchanadigan salbiy iqtisodiy o'sishning ketma-ket ikki choragidir. Iqtisodiy turg'unlik biznes siklinining bir turi bo'lib yoqimsiz bo'lsada normal holat hisoblanadi. Ammo iqtisodiy inqiroz vaqtida bu turg'unlik tepki vazifasini bajarishi mumkinligi tufayli xavflidir. 2007-2009- yillardagi global iqtisodiy turg'unlik ko'plab moliya institutlari va investorlarning zarar ko'rishiga olib keldi. Ko'plab davlatlar kelajakda vertual pul aylanmalaridagi zararni kamaytirish maqsadida ushbu inqirozdan saboq chiqarib qarorlar qabul qilishdi. Odatda, iqtisodiy turg'unlik 6 oydan 18 oygacha davom etishi mumkin.
Iqtisodiy turg'unlik ko'rsatkichlari
Manbaa: www.investopedia.com