Kunning qanday o'tishi Tongga bog'liq
Muvaffaqiyat siri
25-11-2017 1945
Har bir kun sermahsul bo'lishi uchun Geyts, Brenson, Zuckerberg va boshqa muvaffaqiyatga erishgan shaxslar ertalablari nima bilan shug'ullanishadi?
Tonggi qimmatli vaqtda ko'pchilik boy bo'lmagan insonlar yana ozgina mudrab olish uchun budilniklarini qayta-qayta o'chirayotgan paytda, muvaffaqiyatli insonlar allaqachon o'z sog'liklari va bilimini mustahkamlash ustida ishlayotgan va karyerasi kelajagining rejasini tuzayotgan bo'lishadi.
Jek Ma - "Alibaba Group" asoschisi
"Men o'zimga har doim biz faqat ishlash uchun emas, balki hayotdan zavqlanish uchun tug'ilganmiz deb takrorlayman. Biz bir-birimizga yordam berish uchun dunyoga kelganmiz, ishlash uchun emas. Agar sen butun umringni faqat ishlab o'tkazsang, oxirida bundan afsuslanasan."
Bu Jek Ma hayot tarzining asosidir. Aynan shuning uchun ham u ertalab soat 6da turadi va har bir lahzani hayotdan rohatlanishga sarflaydi. U kunining atigi 1.5 soatini ishga sarflab qolgan qismini oila davrasida o'tkazadi.
Tim Kuk - Apple bosh direktori
Tim Kuk tongni soat 4:30 da elektron pochta xabarlarini xodimlarga yuborish bilan qarshi oladi. Soat 5 da u sport zalida bo’ladi. U kechgacha ishlaydi va o'zining ofisga birinchi bo'lib kelib, oxirgi bo'lib ketish odatidan faxrlanadi.
Jeff Bezos - Amazon bosh direktori
Uning iste’molchilarga bo’lgan chuqur e’tibori afsonaga aylangan. Ammo u ishga mukkasidan ketganlar xilidan emas. Hatto vazifalar muddatlari yaqin bo'lsa ham bu uni kechki uyqudan to'xtata olmaydi. Uning aniq uyg'onish rejimi yo'q. Lekin nima bo'lganda ham vaqtli uxlaydi va soat 9gacha uyg'onadi
Bill Geyts - Microsoft asoschisi
Bill Geyts mashqlar uchun bir kunda kamida bir soat ajratadi. Ertalab u yugurish yo'lakchasida yuguradi va yurakni quvvatlantiruvchi mashqlarni video-instruktor yoki murabbiy yordamida bajaradi.
Mark Zuckerberg - Facebook asoschisi va rahbari
Mark Zuckerberg odatda ertalab soat 6 larda turadi va to’g’ri ofisga boradi. Ilgari u ertalabgi 6gacha dasturchilar bilan ishlagan va uyga faqat uxlash uchungina kelgan. Ammo oilali bo'lishi bilan u ishdan vaqtli ketadigan bo'ldi.
Jack Dorsey - Twitter asoschisi
Jack kunni soat 5:30dan boshlaydi. U dastlab taffakkurini yuksaltirish bilan shug'ullanadi va 8 kilometrlik yugurishga chiqadi.
Richard Brenson - "Virgin group" asoschisi
U uyg'onishi bilan o'zining Nekker nomli shaxsiy oroli bo'yida dengizda suzadi. Tennisdan keyin u sog'lik uchun foydali nonushta qiladi.
Uorren Baffet - "Berkshire Hathaway" asoschisi
Uorren soat 6:45gacha uyg'onadi va 6ta gazetani o'qib chiqadi. Ammo uning belgilangan ish rejasi yo'q. U 80% vaqtini o'qish bilan o'tkazadi.
Govard Shults - "Starbucks" bosh directori
U kunni jismoniy mashqlar bilan boshlaydi. Ba’zida bu mashqlar rafiqasi bilan mototsiklda sayr qilish bo'lishi mumkin. Lekin har doim u ofisga soat 6da keladi.
Bob Igor - "Disney" bosh direktori
U soat 4:30da uyg'onadi. Bu tinch paytni u gazeta o'qish, jismoniy badantarbiya, musiqa eshitish va elektron pochtani tekshirishga sarflaydi.
Opra Uinfri - Aktrisa, boshlovchi va mediamagnat
Kun uning uchun fikrlarini tartibga solish maqsadida 20 daqiqalik tafakkur mashqlari bilan boshlanadi. Undan keyin sport zal mashqlariga navbat.
Indra Nuri - "PepsiCo" bosh direktori va direktorlar kengashi a’zosi
Indra soat 4 da uyg'onadi. Soat 7da bizness jarayonini boshqarish uchun ofisda bo'ladi.
Tim Ferris - Amerikalik sarmoyador, yozuvchi va "4 soatlik ish haftasi" bestselleri muallifi.
Tim uyg'onishi bilan krovatini tartibga soladi. U kunni uncha katta bo'lmagan to'g'ri harakatidan boshlagani uchun o'zida faxrni his qiladi. Keyin 20 daqida tafakkur mashqlari va yengil jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadi va choy ichadi.
Barak Obama - AQShning 44- prezidenti
Barak soat 5da uyg'onishi bilan birinchi navbatda jismoniy badantarbiya bilan shug'ullanadi. Shundan keyin u ko'k choy ichib "New York Times" gazetasini o'qiydi va ESPN kanalida sport xabarlarini ko'radi.
Toni Robbins - Amerikalik yozuvchi, tadbirkor va notiq
" Agar senda ertalab o'zing ustingda ishlash uchun 10 daqiqa bo'lmasa, demak senda hayotning o'zi yo'q ekan."
Tongda Toni 3 ta tartibga amal qiladi:
- "Kapalbati Pranayama" usulida nafas olish gimnastikasi bo'yicha 3 yondashuvni bajaradi.
- O'zida bor narsalarga shukronalik hissi bilan u sekin-asta nafas olib chiqaradi.
- U bu kun uchun yordam, kuch va aniq yo'nalishni so'raydi.
Tim Armstrong - "AOL" prezidenti
Tim soat 5da turadi va soat 7gacha kitob o'qish va sport bilan mashg'ul bo'ladi. Bu unga kun davomida ilhom va yangi g’oya bag'ishlaydi. Keyin Tim pochtasini ko'zdan kechiradi.
Manbaa: goldcoach.ru
×