Microsoft Redmond Kampusini modernizatsiya qilish strategiyasi uchun milliardlarni sarflaydi

Strategiya 08-12-2017 1696

Microsoft korporatsiyasi Vashington shtati, Redmond shahridagi o'zining asosiy kampusini milliard dollarlar talab qiladigan kapital remontga hozirlayapti. Bundan ko'zlangan maqsad esa, xodimlarning ish samaradorligini oshirish hamda yangilarini Microsoftga jalb qilishdir.

Korporatsiya o'zining rasmiy saytida ma'lum qilishicha, yangi kompus 180 futbol maydoniga teng bo'ladi hamda hozirgi 47 000 xodimiga qo'shimcha ravishda 8 000 ta yangi xodimlar uchun shaxsiy kabinetlar barpo etiladi. Microsoftning bundan ko'zlagan maqsadi uning texnik raqobatchilari kabi, xodimlar orasida katta hamkorlik va ijodkorlikni ruhini rag'batlantirish uchun yanada ochiq ofis maydoni yaratishdir.

Microsoft, qurilish loyihasini yakunlash uchun besh yildan etti yilgacha davom etadigan va 12 ta kam qavatli binolarni 18 ta yangi ofis bilan almashtirishni o'z ichiga oladigan strategiyani namoyish etti. Binolarning aksariyati ikki baravar baland bo'ladi. Keyinchalik ko'proq joy yaratish va piyoda yuriladigan yo'laklar qulayligi hamda do'stona muhitni yaxshilash uchun kompaniya 131 ta binoni bir-biriga yaqinlashtiradi va yerosti mashinalar joylarini ko'chiradi.

Loyiha dizayini ikkita burchakli ochiq plazadan iborat bo'lib, u yerda yurish va yugurish yo'laklari, sport inshootlari va yashil maydonlar mavjud bo'ladi. Microsoft, yangi jamiyat maydoni 12 mingga yaqin odamni o'z ichiga sig'dira olishini aytib o'tgan.

"Biz kompaniyaning madaniy o'zgarishiga e'tibor qaratdik", dedi Microsoft bosh ijrochi direktori Satya Nadella Bloombergga bergan intervyusida. "Biz yaratgan madaniyatni qo'llab-quvvatlovchi ish maydonini yaratmoqchimiz. Insonlarni ijod qilishga, bir-birlari bilan ishlashga va bir-birlaridan o'rganishga undaydigan ish maydoni bo'ladi bu".

Microsoft asoschisi Bill Geyts birinchi marta 1986 yilda Redmond kampusiga ko'chib o'tgandi. Keyingi yillarda ishchilar, Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, ofisni topish jarayoni suhbat jarayonining bir qismi hisoblanadigan darajada murakkab bo'lganligi haqida hazil qilishardi.


Manbaa: www.investopedia.com

×