Moslashuvchan ish vaqtining salbiy ta’sirlaridan forig’ bo’ling
Maqolaning qisqacha mazmuni: Masofadan ishlayotgan xodimlar bilan kompaniyalar “moslashuvchan ish vaqti” rejimida ishlashga majbur bo’lishmoqda. Kichkina bolalari bor xodimlar o’z ishlarining ko’p qismini bolalari tunda uyquga ketganda bajaradilar. Boshqalar esa ishni erta tamomlash umidida ertalabdan turib ishlayotgan bo’lishi mumkin. Ba’zilar esa ishni kech boshlab, kech tamomlashadi. Bu esa xodimlar uchun kunning barcha soatlarida ish bilan band bo’lishdek bir noqulaylikni yaratadi. “Moslashuvchan ish vaqti” atamasi esa tobora “tanaffussiz ishlash” kabi yoqimsiz bir ma’no kasb etib boshlamoqda. Muallif ushbu muammoni hal qilishning to’rtta aniq usulini taklif qiladi:
1) Qisqa tanaffuslar bilan ishlang;
3) Muloqot kanallari uchun zarur ko’rsatmalarni ayamang;
4) Texnologiyalardan ishni soddalashtirish vositasi sifatida foydalaning;
5) Istalgan xatti-harakatni avtomatik rejimga o’tkazing.
Masofaviy ishlash, tabiiyki, “moslashuvchan ish vaqti” shakllanishiga olib keladi. Xususan, yosh bolali xodimlar o’z ishlarining ko’p qismini tunda - bolalari uxlagani yotgandan keyin bajarishadi. Boshqalari ertaroq ishga kelishadi va ertaroq ishdan ketishga umid qilishadi. Yana boshqalar esa ishini kech boshlab, kech tugatadi...
Agar jamoangizda hamma o’ziga qulay bo’lgan turli soatlarda ishlayotgan bo’lsa, sizga kunning, tunning, hatto dam olish kunlarining ham istalgan vaqtida ish bilan bog’liq e-mail va SMS-xabarlar kelayotgan bo’lishi mumkin - bu holat esa sizga hamkasblaringizning yoki ishxonaning yumushlari uchun har doim hozir-u nozir bo’lishni yoki “always-on” (tarj. har doim ishlash uchun tayyor, degan mazmunni ifodalovchi rejim) rejimini keltirib chiqarishi mumkin. Bu qiyin paytlarda, bir qancha sohalarda kerak bo’lishi mumkin. Lekin, albatta, har bir sohada emas va har qanday sohada hamma uchun emas. Ammo bu “odat” siz ishlayotgan kompaniya madaniyatida ildiz otganidan so’ng, keyinroq yana odatiy ish rejimini “qayta tiklash” qiyin, hatto imkonsiz ham bo’lib qoladi. Shuningdek, “always-on” rejimi har doim ham bir xil sur’atda davom etadigan ish uslubi emas. U xodimlarga bo’lgan bosimni doimiy ravishda oshirib boradi hamda faoliyat yuritayotganingiz muassasani ishlash uchun yoqimsiz joyga aylantirib qo’yadi. Bu hatto kompaniyaga eng sodiq xodimlarni ham boshqa ish takliflarini ko’rib chiqishga majbur qilishi mumkin.
Men yillar davomida mijozlarimga buning oldini oluvchi strategiyalarni amalga oshirishga yordam berib kelaman, ammo bu narsa hozir har doimgidan muhimroq bo’lib qoldi. Chunki xodimlar to’satdan yuz berib qoladigan ushbu notanish vaziyatiga tayyor emaslklari tufayli uni nazorat qila olmay, o’zlarini yo’qotib qo’yayotibdilar. Xo’sh, qadriyatlaringizni va jamoangiz a’zolarining ish va hayot muvozanatini buzib yubormagan holda xodimlaringizning ehtiyojlarini qanday qondirish mumkin?
Asosiysi, moslashuvchan rejimni joriy qilish va rag’batlantirish, shuningdek, aniq “muloqot soatlari”ni belgilab qo’yishdir (masalan, ertalabki soat 8 dan kechki 18 gacha). Ushbu soatlardan tashqari, xodimlar o’z sozlamalarini “Bezovta qilinmasin”ga o’zgartirishi zarur. Ayni vaqtda xabarlar faqat muloqot soatlarida qabul qilinishi uchun murojaatchilar ham xabarlari hamkasblarini ish vaqtidan tashqarida bezovta qilmasligi uchun e-mailning “yuborish vaqtini belgilash” funksiyasidan foydalanishlari kerak.
Agar biror-bir yozishmalar, masalan, shoshilinch yoki tez hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar belgilangan muloqot soatlaridan tashqari yuborilishi kerak bo’lib qolsa, ularga faqat qo’ng’iroq qiling yoki SMS yozing. Shu tariqa odamlar elektron pochta, Slack, messenjer va shu kabi barcha muloqot kanallarini bemalol yopishlari mumkin. Kimgadir qo’ng’iroq qilish yoki SMS yuborish, odatda, jo’natuvchiga: “Menga bu odam hozir rostdan kerakmi?” deb o’ylash uchun pauza qilishga kifoya qiladi. U yana o’ylab ko’radi: “Yoki kutib turishim mumkinmi?” Bu sizning jamoangizdagi har bir kishi o’zi uchun mos vaqtda ishlashiga imkon beradi, lekin bu bilan ular boshqalarning ish jadvaliga moslashish uchun doimo “ishlashlari” kerakligini his qilmaydilar. Ushbu murakkab jadvallar ikki ish orasidagi tanaffuslar vaqtini ahamiyatsiz qilib qo’ymaydi. Aslida, har qanday jamoa tinimsiz ishlash oqibatida kelib chiqadigan stressni tegishli tanaffuslarsiz osonlikcha bartaraf eta olmaydi.
Ushbu harakatni qanday qilib muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin?
Qisqa tanaffuslar bilan ishlang
Birinchidan, muammoni ochiqchasiga tan oling va charchoq sezila boshlagan paytda muhimligini ta’kidlang. Buni “virtual ishxona”da amalga oshirish mumkin. Shuningdek, agar jamoangiz masofadan ishlaydigan jamoa bo’lsa, bu narsa barchani bog’lab turish uchun foydali amaliyotdir,
Bu xabarlarlar bosh direktor va yuqori rahbariyatning jonli yoki yozib olingan xabarlari bo’lishi mumkin. Men ushbu muloqotlarni muntazam ravishda amalga oshirishni va ishdagi natijani yaxshilab borish uchun tez-tez qisqa tanaffus olib turishni tavsiya qilaman. Xabar taxminan mana bunday bo’lishi mumkin: “Biz qisqa tanaffuslar bilan ishlashni muhim deb hisoblaymiz va ishlagan vaqtingizni nazorat qilib borishingizni va ularni haftasiga 40 soatgacha qisqartirishingizni tavsiya qilamiz. Bajaradigan vazifangizga qarab, tanaffus uchun ko’proq soat talab qilinadigan holatlar bo’lishi mumkin. Ammo tig’iz vaqtlarda yengilroq vazifalarni qiyinlari bilan uyg’unlashtirib ishlashingizni kutib qolamiz va tavsiya qilamiz”.
Muloqot kanallari uchun zarur ko’rsatmalarni ayamang
Ikkinchidan, qanday vaziyatda qaysi muloqot kanalidan foydalanish kerakligi haqida aniq ko’rsatmalarni belgilab qo’ying. Masalan, shoshilinch yoki vaqtga sezgir muloqotda elektron pochta hech qachon ishlatilmasligi kerak. Bu elektron pochtaga sinxron muloqot kanali sifatida qaraydi va hech qachon bunday bo’lishi mumkin emas. Hech kim har bir xabarni real vaqt rejimida kuzatishga qodir emas va bunga urinish befoyda mashq va stress, ortiqcha yuk va oxir-oqibatda kuchli charchoqqa chalinishning “samarali” yo’lidir.
Agar e-mail doimiy shoshilinch muloqot uchun ishlatilsa, jamoadoshlaringizni har safar yangi xabar kelganda, uchi ochib o’qishga, tekshirishga majbur qilasiz. Bu narsa ko’pchilik uchun har besh daqiqada elektron pochtani titkilab o’tirishni anglatadi. Bu na vazifalar orasida tanaffus qoldiradi, na har qanday muhim ishga diqqat jamlagan holda, bor e’tibor bilan kirishishga yo’l qo’yadi. Ishonchim komilki, jamoangizdagi har bir kishida bir necha daqiqadan ko’proq diqqatni talab qiladigan ishi bor!
Texnologiyadan foydangiz uchun foydalaning
Maqsadli xatti-harakatingizni kuchaytirishga yordam beradigan texnologik yechimlardan foydalaning. Masalan, korporativ serverni shunday sozlash mumkinki, hatto elektron pochta orqali yuborilgan xabarlari muloqot vaqtidan tashqarida yuborilsa ham, ular belgilangan vaqtgacha sizga kelib tushmaydi. Jamoangizning aloqa vositalarida “global sozlamalar” mavjudligini tekshiring. Shuning uchunki, hamma belgilangan muloqot soatlaridan tashqarida avtomatik ravishda “Bezovta qilinmasin” rejimiga o’ktaziladi.
Istalgan xatti-harakatni modellashtiring
Va nihoyat, rahbarlar xatti-harakatlarni tizimlashtirishlari kerak. Aks holda u hech qachon ishlamaydi. Tashkilotdagi boshqalarni boshqaradigan har bir kishi ko’rsatmalarga rioya qilish uchun ko’p mehnat qilishi, shuningdek, shunga muvofiq xatti-harakatlarni mos ravishda mukofotlashi yoki tartibga solishi kerak. Misol uchun, belgilangan muloqot soatlaridan tashqari elektron pochtaga javob bergan kishiga “E’tibor ko’rsatganingiz uchun rahmat” deyish ikki xil ma’no tashiydi va belgilangan yo’riqnomalarni buzadi. Ortidan liderlik salohiyati va yuksak natijalar yuzaga kelmaydigan har qanday "siyosat" umuman siyosat emas. Rahbarlar ichki siyosatga rioya qilmasa, bu tashkilotga bo’lgan ishonchni tugatadi. Bu kabi ehtiyotsizlik bilan ish tutish orqali siz "rasmiy siyosat" va "hamma bilganidan qolmaslik usuli" bilan yakun topasiz...
Korxonalar o’zlari rejalashtirmagan yangi voqelikka intilishlari oqibatida kutilmagan natijalar kompaniya qadriyatlarini buzishi oson bo’lib qoladi. Agar yangi voqelikning xususiyatlari va oqibatlariga alohida e’tibor berilmasa, uzoq vaqt davom etishi mumkin bo’lgan kutilmagan natijalar zararli ta’sirga ega bo’ladi. Jamoangizning ish va hayot muvozanatiga foyda keltiradigan siyosatlarni amalga oshirish va tashkilotingiz qadriyatlarini himoya qilish uchun hali ham kech emas.
Muallif: Maura Tomas
Manba: HBR.org
Qobiljon Alimjanov