Moviy soqqa (Blue Chip) nima?
Tiyinopedia
28-11-2017 2376
"Moviy soqqa" bu - moliyaviy jihatdan mustahkam, betakror boshqaruvga ega va xalqaro tan olingan kompaniyadir. Moviy soqqalar odatda yuqori sifatli, keng tarqalgan mahsulot va xizmatlarni sotadilar. Mazkur kompaniyalar har qanday salbiy iqtisodiy sharoitlarda ham inqirozni yengib o'tib, foydaga chiqish imkoniyatlari tarixda ham ularning uzoq va mustahkam rivojlanishining garovi bo'lgan.
"Moviy soqqa" - poker o'yinidagi eng yuqori qiymatga ega ko'k soqqalar(fishka) nomidan olingan.
"Moviy soqqa" atamasi ilk bor 1923-yilda "Dow Jones" xodimi Oliver Gingold tomonidan har biri $200 dan baholanayotgan yuqori qiymatli aksiyalarni ta'riflash uchun ishlatilgan. Poker o'yinida ko'k, oq va qizil soqqalar tikib o'ynaladi, bunda ko'k soqqalarning qiymati yuqori turadi. Bugungi kunda moviy soqqalar eng yuqori qiymatga ega aksiyalar uchun emas balki vaqt sinovidan o'tgan yuqori sifatli kompaniyalarning aksiyalari uchungina ishlatiladi.
Moviy soqqa kompaniyalari bir necha yillardan beri faoliyat yurgizib kelayotgan xalqaro bizneslar hisoblanadi.Bu kompaniyalar o'zlarining tegishli sohalarida asosiy yetakchilar hisoblangan "Coca-Cola", "Disney", "PepsiCo", "Wal-Mart", "General Electric", "IBM", va "McDonald’s"dir. "Moviy soqqalar" ularni yana ham mustahkam biznesga aylantirgan iqtisodiy tushkunliklarni yengib, o'zlarining nomdor tovar belgilariga asos solishgan.
Tavakkalchilikdan qochadigan va yo'qotishlardan qo'rqadigan sarmoyadorlar asosan o'zlarining mablag'larini "moviy soqqa"ga ega kompaniyalarning aksiyalariga yo'naltirishadi. Bunday aksiyalarga tikilgan mablag'dan nafaqat uzluksiz divident olish mumkin, balki o'sha mablag'ni inflyatsiyadan ham asrashning imkoni bor.
Manbaa: www.investopedia.com
×