Pierre Omidyar (Ebay asoschisi)

Muvaffaqiyat siri 02-11-2017 2234
Pierre Omidyar (Ebay asoschisi)

Pier Omidyarning muvaffaqiyat tarixi

Amerikalik tadbirkor Pier Umidyar asli Fransiyada tug’ilgan Eron farzandi bo’lib, Ebay internet auksionining asoschisi va boshqaruvchisidir. Online savdo-sotiqni muvoffaqiyatli yo’lga qo’ya olgan Omidyar 31 yoshida millionerga aylandi. Bugungi kunda butun dunyodagi tijoriy va notijoriy tashkilotlarga beg'araz moliyaviy yordam ko'rsatib kelayotgan Network invistitsiya tizimi Pierning o'z rafiqasi Pamela Omidyar bilan hamjihatlikda yaratgan g'oyasi hisoblanadi.

Bolaligi

Omidyar 1967 yil Parij shahrida dunyoga keldi. Maktab davrida uning komputerlarga qiziqishi shu darajaga yetdiki, komputer xonasida ko’proq o’tirish uchun hatto jismoniy tarbiya darsidan ham voz kechishi mumkin edi. Komputerlarga bo’lgan kuchli ishtiyoqini payqagan maktab direktori unga kutubxona kartochkalarini tartibga soladigan elektron programma yaratishni taklif qildi. Bu Omidyarning ilk daromadi bo’lib, soatiga 6$ ni tashkil qilardi…

Maktabni tugatgach Massachust shtatidagi Tafts Universitetiga o’qishga qabul qilindi. O'qish davrida u Makintoshning komputer xotirasini yaxshilashga doir loyihalarida ishtirok etdi. Keyinchalik u Shareware litsenziyasi ostida dasturiy ta’minot ishlab chiqdi, biroq undan tushgan mablag’ pochta xarajatlarinigina zo’rg’a qoplardi.

Universitetni komputer ixtisosligi bo’yicha tugatgan Omidyar Apple korporasiyasiga qarashli Claris kompaniyasida ishlay boshladi. Ko'p o’tmay u uchta o’rtog'i bilan birgalashib ruchkalarni kompyuterlashtirish loyihasi ustida ish boshladi. Garchi kompyuterlashgan ruchkalarga sezilarli talab bo’lmagan bo’lsada, Omidyar asos solgan “eShop” ilova vebsayti Microsoft tomonidan sotib olindi.

Ish faoliyati

1994-yilda Omidyar General Magic dasturiy ta’minot kompaniyasida ishlar ekan, vebsahifalar dizayni bilan shug’ullanib qo’shimcha daromad topardi. Aytishlaricha Omidyarning qaylig’i (keyinchalik rafiqasi) Pamela Pez dispenzerlari (shirin konfetlarni taqsimlagich) bilan savdo qilar ekan, xaridor topishga qiynalayotganidan shikoyat qiladi. Uzoq o’ylab o’tirmay Omidyar o’zining shaxsiy vebsaytiga online auksion ilovasini qo’shib qo’yadi. Bu Pamelaga onlayn savdo-sotiq olib borish va boshqa kolleksionerlar bilan muloqotda bo’lish imkonini yaratib beradi.

AuksionWeb (keyinchalik eBay) ilk bor 1995-yilda har xil narsalarni sotish va sotib olishga xizmat qiluvchi forum sifatida ish boshladi. Ebayning ilk ko’rinishida mojarolarni hal qilish, adolatsizlik yoki firibgarlikning oldini olishga qaratilgan dasturlari mavjud emas edi. Ebay orqali sotilgan ilk mahsulot ham Pamelaning dispenzeri emas balki buzuq lazer tayoqchasi bo’lgan.

Sayt ish boshlaganidan uch oy o’tib Omidyar do’sti Jeff Skolldan xavfsizlik va adolatni ta’minlovchi dasturlarni ilova qilishga yordam berishini so’rab murojaat qildi. Saytning ommalashib ketayotgani uni hayratga soldi va u sekin asta har bir sotilgan mahsulotdan ustama haqi ham ola boshladi. AuksionWeb juda tez ommalasha boshladi va 1996-yilning o’rtalariga kelib sayt orqali har kuni 800,000ta auksion amalga oshiriladigan bo’ldi.

1997-yilda saytni qayta isloh qilish jarayonida Omidyar yangi echoBay nomini tanladi, biroq bu nom allaqachon sotib olingani ma’lum bo’lgach shunchaki eBay deb nomlab qo’ya qoldi. 1998-yilda, sayt yaratilganidan atiga uch yil o’tib, yangilangan eBay online savdo sayti Omidyar va Scollni millarder darajasiga olib chiqdi. Hozirda Pier Omidyarning mablag’i 10,1 milliardni tashkil qilmoqda.

Unvonlari

2011-yilda Pier Omidyarga Taft Universitetining Faxriy Doktorlik unvoni taqdim etilgan.

Manbaa: successstory.com

×