Qaysi biri ko‘proq foyda keltiradi?
Birinchi maqola
Qisqacha taʼrif
Investitsiya - bu maʼlum muddatga maʼlum miqdordagi pulni istiqbolli loyihalar yoki biznes startaplarni yurgizish uchun tikiladigan sarmoyadir. U uzoq yillar mobaynida xavfsiz moliyaviy himoyani taʼminlaydi.
Keng davralarda qachon aktiv yoki passiv investitsiya haqida gap ketsa, bu mavzu juda tez qizg‘in bahslarga sabab bo‘ladi. Chunki investorlar va badavlat kishilar o‘z tamoyillariga mos bo‘lgan strategiyalarni boshqalarning bu boradagi fikrlaridan ustun ko‘radilar. Passiv investitsiya investorlar orasida juda ham mashhur bo‘lgani holda, aktiv investitsiya ham sarmoyadorga ko‘p foyda keltira oladi degan fikrlar yo‘q emas.
Hozir siz bilan ushbu ikki investitsiya turidan qaysi biri ko‘proq foydali ekanligini aniqlash uchun bir qancha muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz.
- Aktiv investitsiya bevosita yondashuvni talab qiladi. Jarayon portfolio menejeri - investitsiyalar nazorati bilan shug'ullanuvchi shaxs tomonidan nazorat qilib turiladi.
- Passiv investitsiya esa ko‘p oldi-sotdi muomalalari amalga oshirilishini talab qiladigan jarayon hisoblanmagani bois aktiv investitsiyachalik ko‘p kuch va resurs talab qilmaydi.
- Ikkala investitsiya turi ham samarali bo‘lishiga qaramasdan, passiv investitsiya investitsiya bozorida aktiv investitsiyaga nisbatan ko‘proq pul oqimini jalb qila olgan.
- Tarixan olib qaraganda ham, passiv investitsiya aktiv investitsiyadan ko‘ra ko‘proq pul jamg‘argan.
- Biroq yaqin yillar ichida aktiv investitsiya ham ayniqsa, nosog‘lom raqobat muhiti hukmron bo‘lgan bozor muhitida ko‘proq eʼtibor qozondi.
Aktiv investitsiya
Aktiv investitsiya, nomidan ham sezganingizdek, faol yondashuv asosida amalga oshiriladigan investitsiya hisoblanadi.
Pul boshqaruvining asosiy maqsadi fond bozorining o‘rtacha foydasiga nisbatan qisqa muddatli narx-navo o‘zgarishlaridan to‘liq foyda bilan chiqishdir. Bu kabi sarmoya kiritish shakli maʼlum bir fond, obligatsiya yoki faoliyat turiga qachon va qay tartibda pul kiritish kerakligini chuqur va atroflicha tahlil qilishni talab qiladi.
Portfolio menejeri esa, odatda, ana shu ishni amalga oshiruvchi tahlilchi mutaxassislar guruhiga boshchilik qiladi, ular esa turli faktorlarni hisobga olib, narxlar qayerda va qachon o‘zgarishini taxmin qilish bilan shug‘ullanadilar.
Aktiv investitsiya investorning sotish va sotib olish uchun aniq vaqtni bilishini taqozo qiladi. Muvaffaqiyatli aktiv investitsiya uchun asosiy talab ham shundan iborat.
Passiv investitsiya
Agar siz passiv investor bo‘lsangiz, siz juda uzoq muddatdan so‘ng foyda keltiradigan sarmoya tikadigan investoorar toifasidan bo‘lasiz. Passiv investorlar portfoliolaridagi oldi-sotdilar miqdorini ko‘paytirishmaydi. Bu jarayon "Sotib ol va ushlab tur" tamoyili asosida amalga oshadi. Bu fond bozoriga salbiy taʼsir ko‘rsatishga qarshi turishni anglatadi.
Qachonki siz minglab kichik sarmoyalarga ega bo‘lsangiz, siz sarmoyangiz foydalarini korporativ foydaning yuqori o‘rinlarida ishtirok etib olishingiz mumkin. Muvaffaqiyatli passiv investorlar eʼtiborlarini qiymatga qaratishardi va qisqa muddatli inqirozlar, hatto keskin tushishlarni ham inkor qilishadi.
Davomi bor...
Manba: "Investopedia.com" nashri
Qobiljon Sobirjon o‘g‘li tarjimasi