Bu moliyaning asosiy mohiyatidir. Qo‘lingizda turgan naqd pulning qiymati kelajakdagi bir xil summada to‘lanadigan puldan ko‘proq qiymatga ega hisoblanadi. Pul investitsiya qilinmasa, uning qiymati vaqt o‘tishi bilan pasayadi. Kechiktirilgan investitsiya - yo'qotilgan imkoniyatdir.
Masalan, agar siz yostig‘ingizning tagiga $1000 pulni 3 yil muddatga berkitib qo‘ysangiz, siz ham ana shu mablag‘ingiz investitsiya qilinganda sizga keltirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha foydadan quruq qolasiz, ham u pulning uch yil avvalgi xarid quvvatining ham inflyatsiya tufayli pasayishiga sababchi bo‘lasiz.
Yana bir misol, aytaylik, sizga bugun yoki ikki yildan keyin $10 000 mablag‘ olishni taklif qilishdi. Summaning bir xil bo‘lishiga qaramasdan, bugungi $10 000ning ikki yil keyingi $10 000dan qiymati ham, xarid quvvati ham sezilarli darajada baland bo‘ladi.
Xulosa: pulingizni sarmoyaga aylantirmas ekansiz, vaqt o‘tishi bilan uning qiymati tushib boraveradi va oqibatda sariq chaqaga aylanadi.
Manba: "Investopedia.com" nashri
Qobiljon Sobirjon o'g'li tarjimasi