Shifrlangan valyuta (yoki Kriptovalyuta) bu - xavfsizlik nuqta'i nazardan kriptografiyadan (shifrli belgilar) foydalanilgan raqamli yoki vertual valyutadir. Mazkur xavfsizlik funksiyasiga egaligi tufayli ushbu valyutani soxtalashtirish mushkul. Bunday valyutaning barchaga ma'lum va mashhur tabiatidan biri - ushbu valyuta biror bir markaziy hokimiyatga tegishli emas va bo'ysinmaydi.
Kriptovalyuta xalqaro bozorlarda bir qancha moliyaviy qallopliklar paytida, masalan soliqdan bo'yin tovlash yoki pul yuvishda, o'zining anonimligi tufayli ancha samarador hisoblanadi.
Ilk shifrlangan valyuta - "Bitcoin" 2009-yilda odamlar orasida tasavvurni yaratish uchun Satoshi Nakamoto taxallusi ostida ish yuritgan kishi yoki guruh tomonidan muomalaga qo'yilgan. 2015-yilning sentabr holatiga ko'ra muomalada umumiy bozor qiymati 3.4 milliard dollarga teng 14.6 million "Bitcoin" mavjud edi. "Bitcoin"ning muvaffaqiyatli qo'llanilishi "Litecoin", "Namecoin", "PPcoin" kabi raqobatchilarni ham vujudga keltirdi.
Kriptovalyuta: Afzallik va kamchiliklari.
Afzalligi
Ikki tomon uchun ham bunday shifrlangan valyutalarda vertual mablag' (bu o'rinda fayl) almashish juda qulay hamda oson hisoblanadi; bunday mablag' almashish xavfsizlik maqsadidagi xususiy "kalit"lar yordamidan amalga oshiriladi. Mazkur mablag' o'tkazmalarida ko'pgina moliyaviy banklardan farqli o'laroq juda kam pul o'tkazish haqqi olinadi.
"Bitcoin" dasturini kompyuterga yuklab olish orqali foydalanuvchilar xakerlar tahdidisiz bemalol pul mablag'larini o'tkazishlari va nazorat qilishlari mumkin. Xakerlar tahdidini oldini olish uchun "Bitcoin" markaziy dasturida blok-zanjir tuzilgan. Hozirda tegishli soha ekspertlari ushbu blok- zanjirdan ko'plab maqsadlarda masalan, online ovoz berish hamda ommaviy moliyalashtirishdagi xavfsizlikni ta'minlashda foydalanish mumkinligini e'tirof etishmoqda. "JP Morgan" kabi yirik moliya vakillari esa Kriptovalyuta istiqbolida uning mablag' aylanmasidagi minimal haqqi evaziga hozirgi banklarga o'rinbosarlikni ko'rishmoqda.
Kamchiligi
Yuqoridagi afzalliklariga qaramay, kriptovalyuta markaziy omborga ega emasligi, hisobotlarning zaxira nusxasi bo'lmasa kompyuter texnik nosozlikka uchragan taqdirda undagi raqamli kriptografik balans o'chib ketish xavfi mavjud. Narxlar talab va taklifga asoslanganligi tufayli, kriptovalyutani boshqa valyutaga almashtirish qiymati juda qisqa muddatlarda o'zgarib turishi mumkin. Kriptovalyutalar xakerlar tahdididan ozoddir. Ammo shunga qaramay, "Bitcoin" o'zining qisqa faoliyati davrida 40 dan ortiq vertual tahdidlarga uchragan. Bu tahdidlarning ba'zilari $1 milliondan oshadi. Shunday bo'lsa ham, ko'plab ekspertlar mazkur valyuta davlat va banklar boshqaruvi va solig'idan ozod valyuta sifatida faoliyatini davom ettirishiga ishonishadi.