Tesla dunyoning eng yirik lityum-ionli batareyasini ishlab chiqardi
Hi-Tech
08-12-2017 1953
"Tesla Inc" kompaniyasi va'da qilganidek 100 kun ichida lityum-ionli batareyasini qurib bitkazdi. Kompaniyaning "Powerpack" energiya sistemasi bo'limi ushbu batareya yordamida Avstraliyaning ishlamay turgan elektr stansiyasini elektr energiyasi bilan ta'minlashni ko'zlagan. Kompaniya bosh direktori Elon Musk mazkur 129 megavatt quvvatga ega batareyani 100kun ichida qurib, xaridorga yetkaza olmasa uni tekinga berib yuborishini aytgan edi. Baxtiga u buni uddasidan chiqdi.
Ushbu batareya hozirgacha o'rnatilganlaridan 3 barobar quvvatliroq bo'lib, bir soat ichida 30 000 xonadonni elekrt energiyasi bilan ta'minlay oladi. Bu batareyani esa Janubiy Avstraliya qirg'oqlaridagi shamol elektr energiyasi turbinalari energiya bilan to'yintirib turadi.
Janubiy Avstraliya shamoldan elektr energiyasining 40 foizidan ko'prog'ini ishlab chiqaradi, bu esa ob-havo sharoitlariga mos kelmaydi. O'tgan 18 oy davomida mintaqada bir qator noqulayliklar kuzatilgan. Batareya o'tgan yili e'lon qilingan 385 million dollarlik energiya rejasining bir qismidir.
"Dunyoning eng yirik lityum-ion batareyasining rekord vaqt ichida bajarilishi, barqaror, samarali energiya muammosini hal etish mumkinligini ko'rsatadi", dedi "Tesla" bosh direktori.
Teslaning dunyodagi eng yirik lityum-ion batareyasini qurishdagi tezkor texnologiyasi yuqori elektr texnologiyalari uchun muhim qadam hisoblanadi. Tarafdorlar, Batareyalar dunyoning energiya tizimlarini o'zgartirishi va arzon narxlardagi quyosh va shamol energetik yechimlarni qabul qilishni tezlashtirishga yordam berishiga ishonishadi.
Avstraliya, ko'plab mamlakatlar singari, asosan qazilma yoqilg'iga o'z milliy elektr tarmog'ini ta'minlaydi. Janubiy Avstraliya davlat hukumati 2025 yilga kelib qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, shuning asosida o'z milliy energetikasining 50%ni bajarmoqchi. Biroq, qarshi fikrdagilar bu mutlaqo ishonchsiz manba bo'lib xuddi shamol elektr ishlab chiqaradigan trubinalari kabi tuttiriqsiz deyishmoqda.
Teslaning mazkur lityum-ionli batareyalari biznes va xususiy xo'jaliklarni muqobil energiyasi bilan ta'minlashda toza va qayta tiklanadigan elektr energiyasining yangi bosqich manbasi hisoblansada ammo bu Janubiy Avstraliya uchun yetarli bo'lmaydi. Reuters ma'lumotiga ko'ra, akkumulyatorni "faqat boshlanish" deb atagan Tesla, ushbu yo'nalishda yangi yechimlarni taqdim etishda birinchi o'rinni egallashga umid qilmoqda.
Manbaa: www.investopedia.com
×