UZMOBILE kompaniyasi Pre5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Hi-Tech 25-12-2017 1804
UZMOBILE kompaniyasi Pre5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

UZMOBILE Milliy mobil operatori (“O‘zbektelekom” filiali) Toshkentda ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda Pre5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu kabi sinov ishlari O‘zbekistonda ilk bor “O‘zbektelekom” kompaniyasining Telekommunikatsiyalar va personalni rivojlantirish markazi laboratoriyasi bazasida tashkil etildi. Bu haqida Gazeta.uz sayti xabar bermoqda

Operator matbuot xizmatining xabar qilishicha, loyiha 4G tarmoqlarida 5G texnologiyasidan foydalanishni ko‘zda tutadi. Boisi hozircha beshinchi avlod texnologiyalarini standartlashtirish jarayoni yakuniga yetgani yo‘q. U operator tarmoqlarida trafiklar zarbi bilan qanday ishlashni tushunishga yordam beradi.

Sinov ishlari 4×4 MIMO, 256-QAM chastotalar agregatsiyalari boshqa texnologiyalardan foydalanilgan holda o‘tkazildi. Bazaviy stansiyaning multirejimli radiomodulida o‘tkazilgan sinovlar ma’lumotlarni har bir foydalanuvchiga 1 Gbit/s gacha tezlikda uzatishini ko‘rsatdi.

“UZMOBILE telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar bilan istiqbolli taraqqiyotni hisobga olgan holda mavjud tarmoqlar bazasida innovatsion yechimlarni amalga oshirish masalalaridan jadal faoliyat olib bormoqda”, - dedi UZMOBILE texnik direktori Sergey Melnikov.

Manbaa: www.gazeta.uz

×